Ilgizar Sobirov
Ilgizar Matyoqubovich Sobirov (oʻzbekcha: Илгизар Матёқубович Собиров; 20-fevral 1959-yil, Qoʻshkoʻpir, Xorazm viloyati) – Oʻzbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi (2006—2015), Xorazm vioyati adliya boshqarmasi boshligʻi (2015—2017), 1994—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining yordamchisi, 2003—2005-yillarda Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani hokimi, Xorazm viloyati hokimi (2017—2018), Oliy Majlisning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oliy Majlisning qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi (2000—2003), yuridik fanlar nomzodi, 2005-yilda «Mеhnat shuhrati» ordеni bilan mukofotlangan.
Biografiyasi
Ilgizar Sobirov 1959-yil 20-fevralda Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanida tugʻilgan. 1975—1980-yillarda universitetga oʻqishga kirgunga qadar Qoʻshkoʻpir tumani I.Ibrohimov nomidagi kolxozda ishlagan. Toshkent davlat universitetida oʻqib yurgan chogʻida yuridik fakulteti komsomol tashkiloti kotibi, uni tamomlagandan soʻng 1986—1987-yillarda „Jinoyat huquqi va kriminologiya“ kafedrasi xodimi boʻlgan. 1986-yilda Toshkent davlat universitetini huquqshunos mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2009-yildan Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati boʻlgan.
Ilgizar Sobirov 1999-yilda Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq deputati etib saylangan, Oliy Majlis Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1997—1999-yillarda Oʻzbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti dеvonining qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar boʻyicha ekspert guruhi konsultanti, 1999—2000-yillarda Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.
Ilgizar Sobirov 2005-yilda Senatning birinchi chaqiriq Xorazm viloyati deputati, 2005-yilda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi lavozimini egallagan, 2006-yilda Senat raisi etib saylangan. 2010-yilda yana Xorazm viloyatidan senator, 2010-yil 26-yanvarda esa ikkinchi chaqiriq Senat raisi etib saylandi. Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi (2015—2017), 2017-yildan Xorazm viloyati hokimi lavozimini egallagan.
2018-yil 21-aprelda u Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Mehnat faoliyati
Mukofotlari
Ilgizar Sobirov 2005-yilda «Mеhnat shuhrati» ordеni bilan mukofotlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org