Ilek
Ilek (qozoqcha: Елек, Elek, ruscha: Илек) — Qozogʻiston va Rossiya Federatsiyasidagi daryo. Ural daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 623 km. Havzasining mayd. 41300 km. Mugʻojar togʻining gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanadi. Oʻrtacha suv sarfi qariyb 40 m3/sek. Dare qayirlari oʻtzor, changalzor va oʻrmonlar bilan qoplangan. Asosan, qordan toʻyinadi. Noyabrning 2-yarmida muzlab, aprel ning 2-yarmida muzdan boʻshaydi. Asosiy irmogʻi — Xobda. I. sohilida Oqtoʻba sh. joylashgan. I. hav-zasida fosforit konlari bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org