Ildizoyoqlilar




Ildizoyoqlilar (Rhisopoda) -sarkodalilar kenja sinfiga mansub bir hujayrali hayvonlar. Tanasining uzunligi bir necha mkm dan 3 mm gacha (ayrim foraminferalarda 2—3 sm gacha). Harakatlanish va oziqni tutish organi soxta oyoqlar, ayrim turlari va jinsiy hujayralarda xivchinlari ham boʻladi. Bir qancha turlari (chigʻanokli amyobalar, foraminferalar) da tashqi skeleti — chigʻanogʻi bor. Ikkiga boʻli-nish, ayrim turlari jinsiy gametalar kopulyasiyasi orqali koʻpayadi. Keng tarqalgan, asosan, dengiz va chuchuk suvlarda, torfli botqoqlik va tuproqda uchraydi. Baʼzi turlari parazit. Amyobalar, chigʻanoqli amyobalar, foraminferalar turkumlariga boʻlinadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz