Ildar Xafizov
Ildar Xafizov — oʻzbekistonlik va amerikalik yunon-rum kurashchisi, millati tatar,Osiyo chempionati gʻolibi, 2008-yil Xitoy Xalq Respublikasida va 2020-yil Tokioda oʻtkazilgan Yozgi Olimpiada oʻyinlari qatnashchisi.
Biografiya
Ildar Xafizov 1988-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2007-yilda Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan va shu yili oʻtkazilgan Jahon chempionatida 5-oʻrinni egallagan. 2008-yilda u Pekindagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi, ammo u yerda u atigi 10-oʻrinni egalladi. 2009-yilgi jahon chempionatida esa 30-oʻrinni egallagan. 2011-yilda Ildar Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi, Jahon chempionatida yana 30-oʻrinni egalladi. 2017-yilda 59 kg vazn toifasida AQSh chempionligiga erishgan. 2017, 2019, 2022-yilgi Jahon chempionatlarida AQSH terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org