Ikrom Otamurod
Ikrom Otamurod — Oʻzbekistonlik ijodkor. 1951-yili Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi Kasbi qishlogʻida tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatgach, 1969-1974-yillarda hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. „Ufqlar orti bepoyon“ hamda „Uzoqlashayotgan og‘riq“ kabi goʻzal asarlar muallifi .
Mehnat faoliyati
1974-1975-yillarda O‘zbekiston ensiklopediyasi nashriyotida muharrirlik qildi. 1975-yildan to shu kunga qadar „Sharq yulduzi“ jurnalida avval adabiy xodim, so‘ng sheʼriyat bo‘limining mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda .
Asarlari
„Vaqt ranglari“ (1982), „Janub qushlari“ (1984), „To‘rg‘ayli manzillar“ (1985), „Ufqlar orti bepoyon“ (1987), „Uzoqlashayotgan og‘riq“ (1987), „Sopol siniqlari“ (1994), „Sen“ (1996), „Ichkari va tashqari“ (1997), „Istarim“, „Yobondagi yolg‘iz daraxt“, „Qush“, „ Huviyyat“, „Ruhimning qayg‘usi“ (1996), „Ko‘nglim o‘zing“ (2004), „Tavr“ (2005), „Tanazzul“ (2008), „Xaritaga tushmagan joy“ (2011), „Muqaddar“ (2012) .
Dostonlari
Falastinlik shoir Muin Bsisuga bag‘ishlangan „Yarador umid otlari“ (1986), „Uzoqlashayotgan og‘riq“ (1990) .
Tarjimalari
Uolt Uitmen, Pablo Neruda, Yevgeniy Yevtushenko, O‘ljas Sulaymon kabi shoirlarning sheʼr va dostonlarini o‘zbek tiliga o‘girgan .
Mukofotlari
"Do‘stlik" ordeni (1999).
Ayni paytda shoirning asarlari turk, arab, bulg‘or, rus, moldavan, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, tojik, gruzin tillariga tarjima qilingan .
Manbalar
uz.wikipedia.org