Ikrom Aliboyev




Ikrom Isroiljon oʻgʻli Aliboyev (1994-yili 9-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan) — Koreyaning Gangwon FC klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, ampluasi yarimhimoyachi.

Klubdagi faoliyati



Ikrom Aliboyev professional futboldagi faoliyatini 2013-yili boshlagan. U ilk bora Lokomotiv safida 2013-yilning 8-noyabrida oliy liga uchrashuvida Buxoro futbol klubi bilan kechgan oʻyinda jamoa tarkibiga qoʻshildi. Oʻsha oʻyinda u zaxirada boʻldi. Ikrom Aliboyev hozirga qadar ushbu klubda oʻynab kelmoqda.

Ichki chempionatda shu vaqtga qadar 16ta oʻyinda maydonga tushib raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilgan. Osiyo chempionlar ligasining 2014 va 2015-yilgi musobaqalarida klub tarkibida 3 ta oʻyinda qatnashgan.

2018-yil 13-dekabrda u K-liga 1 jamoasi FC Seul bilan uch yillik shartnoma imzoladi. U 2020-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi va 2020-yilgi chempionat jadvalining uchinchi pog'onasiga ko'tarilishi uchun klubga hissa qo'shgan, ammo 2020-yilgi mavsumda jarohati tufayli mavsumni tark etishga majbur bo'lgan.

2021-yilda Aliboyev o'zaro kelishuvga ko'ra "Seul" klubi bilan shartnomasini bekor qildi va keyin K Liga 2 jamoasi "Daejeon Hana Citizen" ga o'tdi. Keyin esa mavsum oxirida klubni tark etdi. 2022-yilda u Oʻzbekistonga qaytib, Toshkentning "Paxtakor" klubiga o'tdi.

Terma jamoadagi faoliyati



Ikrom Aliboyev terma jamoaga 2015-yili bosh murabbiy Mirjalol Qosimov tomonida chaqirtirildi. U lik bora 2015-yilning 11-iyunida Eron terma jamoasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va oʻyinning asosiy vaqtida toʻliq oʻynadi. Ikkinchi tema jamoadagi oʻyini rasmiy oʻyin boʻlib, unda 2015-yilning 16-iyunida 2018-yilgi jahon chempionatining Osiyo qitʼasi boʻyicha saralash bosqichining 2-roundida Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda 34 daqiqa maydonda harakat qildi. Shu vaqtga qadar u 28 ta oʻyinda terma jamoa sharafini himoya qilgan.

Yutuqlari



Lokomotiv tarkibida

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz