Ikonoskop




Ikonoskop (yun. eikon — tasvir va ... skopiya) — tasvirni uzatuvchi dast-labki televizion trubkalardan biri. Ishi optik tasvirlarni televizion signallarga aylantirish uchun elektr zaryadlarni toʻplashga asoslangan. I.ni 1931 yilda rossiyalik S. I. Katayev va amerikalik V. K. Zvorikin bir-biridan mustaqil ravishda taklif qilishgan. I. birinchi marta tasvirni bevo-sita uzatishga imkon bergan. I.da yorugʻlik oqimi obʼyektidan (optik tizim orqali) yorugʻlik sezgir nishon — mo-zaikali slyuda plastinkaga tushib, uning sirtida elektr zaryadlarini tegishlicha. tarqatadi, yaʼni potensial relyef hosil qiladi. Nishon bir-biridan izolyasiyalangan bir necha mln. dona mitti fotokatodlardan iborat. Uning ikkinchi tomoniga metall patlami (signal plastinka) surkalgan. Har bir fotokatod shu plastinka bilan birgalikda kondesatornp tashkil qiladi. Elektron-nur nishondagi mozaikani maʼlum tartibda aylanib oʻtib, har bir kondensatorni zaryadsizlaydi. Natijada tasvirning yoritilganligiga mos kuchlanishga ega boʻlgan elektr signallar xreil boʻladi, bular kuchaytirgichga uzatiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz