Ikonografiya




Ikonografiya (yun. eikon — tasvir, obraz va ... grafiya) — tasviriy sanʼatda biror shaxs yoki syujetli koʻrinishni tasvirlashda belgilangan qatʼiy tartib, qoida. I. qoidalari qadimda sanʼat bilan diniy urf-odatlar, marosimlarning munosabatlari zaminida yuzaga kelgan hamda u shaxs va lavhalarni tanib olishni yengilla-tishga va ularni tasvirlash qoidalarini maʼlum diniy qarashlar bilan kelishishga yoʻnaltirilgan (maye., xristian sanʼatida Momohavo, Iso, "bayramlar" I.si). Sanʼatning yangi maz-munlar bilan boyib borishi tufayli I. qoidalari asta-sekin oʻzgarib bordi va murakkablashdi.

I.— sanʼatshunoslikda biror shaxs yoki syujetli koʻrinishni tasvirlashda belgilangan tipologik belgilar va kridalar tasnifi va tizimi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz