IKONA
IKONA (Yunoncha eikon — tasvir, obraz) — xristian diniga mansub dindorlar sajda qiladigan, cho’qinadigan Iso, Bibi Maryam va avliyolarning rangtasvir yoki bo’rtma tasviri. Diniy Ikonaning eng qadimgisi 2-asrga mansub, 4-asrda taraqqiy etgan. Tor ma’noda — o’rta asrlar san’atining o’ziga xos asari. O’rta asrlarda Yevropa tasviriy san’atining asosiy turi sifatida ahamiyat kasb etgan. Ikona tayyorlanadigan markazlar vujudga kelgan, bu Markazlarda rassomlarning Artel, tsexlari shakllangan. Ikona cherkovlarning ta’siri va moddiy mavqeini ta’minlovchi muhim manbalardan bo’lgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz