Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 70 yilligi
2015-yil 9-mayda umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 70 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaga bebaho hissa qoʻshgan Oʻzbekiston fuqarolari — 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini munosib ravishda va izzat-ikrom bilan sharaflash maqsadida 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 70 yilligi sharafiga „Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 70 yilligi“ esdalik yubiley medali taʼsis etilsin. Gʻalabaning 70 yilligi sharafiga „Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 70 yilligi“ esdalik yubiley medali taʼsis etilsin.
„Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 70 yilligi“ esdalik yubiley medali bilan — „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ va „Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun olingan boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomalariga ega boʻlgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, shuningdek Ikkinchi jahon urushi yillarida fidokorona mehnati uchun mukofotlangan, shu jumladan, „1941-1945-yillar Ulugʻ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun“, „Mehnatdagi jasorati uchun“, „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medallariga yoki 1941-1945-yillardagi urush davrida qurolli kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash boʻyicha shtat lavozimida boʻlganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgan mehnat fronti qatnashchilari mukofotlanadilar.
Tavsifi
Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Esdalik yubiley medalining qirralari doira bilan hoshiyalangan.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org