IKKINCHI BULG’OR PODSHOLIGI — Bolqon yarim orolidagi davlat (1187— 1396). Vizantiya hukmronligiga qarshi ozodlik qo’zg’olonlari (1185-87) natijasida tashkil topgan. Poytaxti — Tirnovo. 14-asrning o’rtalarida dobrotisa (Dobruja; 15-asr boshlarida turklar bosib olgan) knyazligi ajralib chiqqan, qolgan qismi Tirnovo va Vidin podsholiklariga bo’linib ketgan (1363) va keyinchalik (1393 va 1396) turklar tomonidan bosib olingan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish