Ikki nuqta




Ikki nuqta  — tinish belgisi. Ustma-ust qoʻyiladigan ikki nuqtadan (:) iborat boʻlib, asosan, quyidagi hollarda qoʻyiladi: 1) uyushiq boʻlaklar oldidan qoʻllanadigan umumlashtiruvchi boʻlakdan soʻng (masalan, Yigʻilib keldi butun qishloq: keksa-yu yosh, erkagu ayol); 2) bogʻlovchisiz qoʻshma gap tarkibidagi gaplarni ajratishni koʻrsatish uchun (Yakun qildim: koʻz yoshlariga ikki bois bor ekan asli); 3) koʻchirma gapdan oldin qoʻllangan muallif gapidan soʻng (U oʻyladi: shunday vaziyatda nima qilishim kerak?) va boshqalar.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz