Ikki juft oyoqlilar




Ikki juft oyoqlilar (Diplopoda) — koʻpoyoqlilar kenja sinfi (ayrim maʼlumotlarga qaraganda sinfi). Har bir tana boʻgʻimida 2 juftdan oyokdari boʻladi (nomi shundan kelib chiqqan). Oyoklar soni 12 juftdan 375 juftgacha (tropik kivsyak). Tanasining 2—4-boʻgʻimlarida bir juftdan, boshqa boʻgʻimlarida 2 juftdan oyoqlari boʻladi. Koʻpchilik I.ning deyarli har bir tana boʻgimida bir juftdan himoya bezlari bor. Bu bezlar suyuqligi oʻtkir hidli; koʻpincha zaharli suyuklik ajratadi. Anamorfoz yoki gimeanamorfoz orqali rivojlanadi. 13 turkumi, 50 mingga yaqin turi maʼlum. Antarkti-dadan boshqa hamma qitalarda tarqalgan. Nisbiy namligi 100% ga yaqin boʻlgan pana joylarda yashaydi. Oʻsimlik qoldiklari va detrit bilan oziqlanadi, organik qoldiqlarni minerallashtirish va tuproq hosil boʻlishi jarayonida katta ahamiyatga ega. Ayrim I. oʻsimliklarga ziyon keltiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz