Ikigai




Ikigai (生き甲斐, adab. 'bor boʻlish sababi') yaponcha tushuncha boʻlib, insonga maqsad, yashash uchun sabab tuygʻusini beradigan narsa sifatida tushuniladi.

Maʼnosi va etimologiyasi



Oksford inglizcha lugʻatida " ikigai " „insonga yashash uchun maqsad yoki sabab beradigan narsa yoki odam va unga motivatsiya beruvchi kuch“ deya taʼrif beriladi. Umuman olganda, bu mamnuniyat yoki qoniqish beradigan narsa sifatida ifodalanishi mumkin.

Bu atama ikkita yaponcha so‘zni birlashtirgan : iki va kai (ketma-ket gai deb aytiladi), "yashash uchun tirik bo‘lish sababini topish; hayotdan maʼno; nima hayotni yashashga arzigulik qiladi; „raison d'être“.

Xulosa



Ikigai hayotda maqsadga ega boʻlishni, shuningdek, motivatsiyani tasvirlashi mumkin. Michiko Kumano tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, yapon tilida tasvirlanganidek, ikigai tuygʻusi, odatda, odamlar oʻz qiziqishlari tomon harakat qilayotgan vaqtdagi muvaffaqiyat va qoniqish hissini anglatadi. Shaxsda ikigai tuygʻusini keltirib chiqaradigan harakatlar majburiy paydo boʻlmaydi. Ular oʻz-oʻzidan paydo boʻladi va ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi deb tushuniladi. Shuning uchun bu shaxsga va insonning ichki meniga bogʻliq deb qaraladi.

Psixolog Katsuya Inouening fikriga koʻra, ikigai ikki jihatni oʻz ichiga olgan tushunchadir : „ Hayotga maʼno yoki qiymat olib keladigan manbalar yoki obyektlar '', '' Kishi oʻz hayotining maʼnoga ega ekanligini undagi mavjud boʻlgan manba yoki obyektlardan his qilish“. Inoue ijtimoiy nuqtai nazardan ikigaini: ijtimoiy ikigai, ijtimoiy boʻlmagan ikigai va jamiyatga qarshi ikigai kabi uchta yoʻnalishga ajratadi. Ijtimoiy ikigai volontyorlik faoliyati va toʻgarak mashgʻulotlar orqali jamiyat tomonidan qabul qilingan ikigaini bildiradi . Ijtimoiy boʻlmagan ikigai — bu jamiyat bilan bevosita bogʻliq boʻlmaydigan ikigai, misol uchun eʼtiqod yoki oʻzini biron narsaga undash. Jamiyatga qarshi ikigai bu kimdandir yoki nimadandir nafratlanish yoki qasos olish istagida davom etish kabi negativ his-tuygʻularni boshdan kechirishga asosiy turtki hisoblanadi.

National Geographic muxbiri Den Buettner ikigai Okinava aholisining uzoq umr koʻrishining sabablaridan biri boʻlishi mumkinligini aytdi. Buettnerning soʻzlariga koʻra, Okinavalik odamlar sogʻlom boʻlganliklari sababli ularda nafaqaga chiqish istagi kamroq boʻladi va ular yana oʻzlarining sevimli ishlari bilan shugʻullanishda davom etadilar. Shuningdek Okinava aholisining uzoq umr koʻrishida Moai yaqin doʻstlar guruhi muhim sabab deb qaraladi.

Dastlabki ommalashishi



ikigai tushunchasi yapon madaniyatida uzoq vaqtdan beri mavjud boʻlsa-da, u birinchi marta yapon psixiatri va akademik Mieko Kamiya tomonidan 1966 yildagi "On the Meaning of Life" (yaponcha: 生きがいについて ikigai ni tsuite?) kitobida mashhur boʻlgan. Kitob hali ham ingliz tiliga tarjima qilinmagan.

Ahamiyatliligi



1960, 1970 va 1980-yillarda ikigai jamiyatni yaxshilash („oʻz xohish-istaklarini boshqalarnikidan ustun qoʻyish“) yoki oʻzini yaxshilash („oʻz yoʻlidan borish“) uchun tajriba sifatida qaralgan.

Antropolog Chikako Ozava-de Silvaning soʻzlariga koʻra, Yaponiyadagi keksa avlod uchun ularning ikigaisi „kompaniya va oilaning standart qolipiga mos kelish“ edi va shu bilan bir vaqtda yosh avlodning ikigaisi esa ularning „ Kelajakda ular kim boʻlishi mumkinligi haqidagi orzular“i edi.

Koʻp tadqiqotlar ikigaini his qilmaydigan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimoli koʻproq ekanligini koʻrsatdi. Biroq bu borada malign oʻsmalarning rivojlanishi bilan hech qanday bogʻliqlik yoʻq edi.

Maʼlumotnomalar




Havolalar




Andoza:Japanese social terms

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz