Iker Kasilyas





Iker Kasilyas Fernandes (ispancha: Iker Casillas Fernández; 20 may 1981, Mostoles, Madrid) — Ispaniyalik futbolchi, darvozabon, Real Madrid jamoasi va Ispaniya terma jamoasi Sardori, 2 Karra Yevropa chempioni 2008 2012 va Jahon chempioni 2010 Ispaniya terma jamoasida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan oʻyinchi hisoblanadi.

Oilasi



Kasilyas 20 may 1981 yili Madridda tugʻildi. Otasi Xose Luis Kasilyas ta'lim vazirligi ishchisi, onasi esa sartarosh edi. Uning ota-onasi Navalakruz (Avila)dan koʻchib kelishgan edi. Iker hali bolaligida u Baskda yashadi, lekin u har doim Madridni oʻzining qadrdon shahri deb hisoblardi. Kasilyasning oʻzidan yetti yosh kichkina Unay degan ukasi bor. U CD Mostoles klubi sharafini himoya qiladi.

Jamoa



Iker 8 yoshida Realga kelib qoʻshildi va butun faoliyatini shu jamoada oʻtkazmoqda. Kasilyas Ispaniya terma jamoasida oʻynadi va u 1999 yili Meridiana kubogi va yoshlar oʻrtasida jahon chempionatida gʻalaba qozondi. 1999/2000 yidagi mavsumda oʻzini koʻrsata oldi — u jarohatlangan Bodo Illgner oʻrniga maydonga tushdi va Chempionlar ligasi finalida Valensiya bilan boʻlgan oʻyinda jamoadoshlariga yordam berib, chempion boʻlishga erishdi. Tez orada Kasilyas oʻz jismoniy holatini yoʻqota boshladi va uning oʻrniga asosiy tarkibda Sezar maydonga tusha boshladi. Lekin Iker oʻzining asosiy tarkibdagi joyini Chempionlar ligasi finalida Bayer bilan boʻlgan oʻyinidan soʻng yana qaytarib oldi. Ushbu oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, bir necha chiroylik “Seyv”larni amalga oshirishi orqali uning jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozonishiga sabab boʻldi. 2002/03 mavsumda darvozabon birinchi raqam ostida maydonga tusha boshladi va hech qanday jarohatlarsiz Chempionlar ligasida 15 ta oʻyinda, milliy chempionatda 38 ta oʻyinda oʻz jamoaning sharafini himoya qildi va jamoa chempionlikka erishdi.
2003/04 mavsumda u atigi bir dona oʻyinni oʻtkazib yubordi. Lekin bu narsa Qirollik klubiga yordam bermadi. Oʻsha mavsumda chempionlikni saqlay olmadi va Ispaniya kubogi finalida magʻlubiyatga uchradi.

Milliy terma jamoa



Shvedlar bilan oʻyindagi debyutidan soʻng, u zahira darvozabon sifatida EURO-2000 yuborildi va u musobaqada birorta ham oʻyinga tushirilgani yoʻq. Ikki yildan soʻng, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi jahon chempionatidagi oʻyinlarda Santyago Kanisaresning dublyori boʻlishi kerak edi. Lekin Kanisares soʻnggi lahzalarda jarohat olishi va tarkibdan chiqib ketishi Kasilyasning jahon chempionati final bosqichida debyut qilishiga (Paragvayga qarshi oʻyin) zamin yaratdi. U irlandlar bilan boʻlgan oʻyinda qahramonga aylandi – ispanlar penaltilar seriyasida gʻalaba qozonib, chorakfinalga yoʻl olishdi. Iker EURO-2004 saralash bosqichida 8 ta oʻyinda maydonga tushdi va u oʻyinlarda 4 ta gol oʻtkazib yubordi. Shuningdek, Kasilyas turnirning final bosqichida ham asosiy darvozabon boʻldi va guruh bosqichidan turnirni tark etishdi. EURO-2008 musobaqasida u terma jamoa sardori boʻldi va musobaqadagi barcha oʻyinlarda ishtirok etdi (Gretsiya bilan boʻlgan, hech narsani hal qilmaydigan oʻyindan tashqari). Ular bu musobaqada gʻalaba qozonib, Yevropa chempioni nomiga sazovor boʻlishdi. Jahon chempionati-2010da ham terma jamoa sardori boʻldi va bu musobaqada ham gʻolib boʻlib, tarixda birinchi marta Ispaniya terma jamoasini jahon chempioni boʻlishiga katta hissa qoʻshdi. FIFA esa Iker Kasilyasni Jahon chempionatidagi eng yaxshi darvozabon deb tan oldi.

Terma jamoada




Personal




Shaxsiy




Shaxsiy hayoti



2009-yildan boshlab, ispan sport teleboshlovchisi boʻlmish Sara Karbonero bilan munosabatda boʻlib yuribdi.

Xayriya ishlari




Qiziqarli faktlar




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Iker Kasilyas (to‘liq ismi: Iker Kasilyas Milans) — ispaniyalik sobiq professional futbolchi, dunyoning eng taniqli darvozabonlaridan biri hisoblanadi. U 1981-yil 20-mayda Madridda tug‘ilgan.

Kasilyas futbolchilik faoliyatini "Real Madrid" akademiyasida boshlagan. U qariyb butun faoliyatini "Real Madrid" klubida o‘tkazgan bo‘lib, 1999-yildan 2015-yilgacha ushbu jamoa darvozaboni bo‘lgan. Unda u ko‘plab yirik musobaqalarda, jumladan Ispaniya La Liga chempionatida va UEFA Chempionlar Ligasi o‘yinlarida maydonga tushgan. Kasilyas "Real Madrid" bilan bir necha marta La Liga va Chempionlar Ligasi chempioni bo‘lgan.

Karyerasining keyingi bosqichida u Portugaliyaning "Portu" klubiga o‘tgan va bu yerda ham yuqori darajadagi o‘yinini davom ettirgan.

Iker Kasilyas Ispaniya milliy terma jamoasida ham uzun yillar xizmat qilgan. U 2010-yilda janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida terma jamoa sardori sifatida ishtirok etib, Ispaniyani o‘z tarixidagi birinchi Jahon chempioni nomini qo‘lga kiritishida muhim rol o‘ynagan. Shuningdek, u 2008 va 2012 yillarda Yevropa chempionati g‘olibi bo‘lgan.

Kasilyas o‘zining ajoyib refleksi, a’lo darajadagi pozitsion o‘yinlari va jasoratli himoyasi bilan dunyo darvozabonlari orasida alohida o‘rin egallaydi. Uning o‘yin uslubi va muvaffaqiyatlari ko‘plab yosh darvozabonlarga ilhom bo‘lgan.

2020-yilda Kasilyas yurak xurujiga duchor bo‘lib, shundan keyin faoliyatini tugatgan. Hozirda u futbolga murabbiylik va sport tahliliy faoliyat orqali yordam bermoqda.

Kasilyas sport olamidagi yutug‘lari va shaxsiy fazilatlari bilan nafaqat Ispaniyada, balki butun dunyoda futbol ixlosmandlari tomonidan hurmat va e’tirofga sazovor.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz