IKEA




IKEA - Shvetsiya kompaniyasi, mebel va uy jihozlari sotish boʻyicha dunyodagi eng yirik savdo markazlariga ega boʻlgan kompaniyalardan biri hisoblanadi.Toʻliq nomlanishi – IKEA International Group. Kompaniya bosh ofisi – Leyden shahri, Gollandiya(Niderlandiya) provinsiyasida joylashgan.

Tarix:




Kompaniya ildizlari Shvetsiyaga borib taqaladi va Shvetsiya imidjini saqlashga harakat qiladi marketing siyosati maqsadida. 1943-yil Ingvar Kamprad kompaniyaga asos solgan.Mebel kompaniya maxsulotlar asortimentiga 1947-yildagina qoʻshiladi. 1955-yildan boshlab “IKEA” oʻz hususiy markasi ostida mebel ishlab chiqishni boshlaydi. Boshida Kamprad mahsulotlarni oʻz uyi va pochtadan sotishni boshlaydi,1958-yilga kelib esa birinchi savdo markazi ochiladi.
IKEA atamasi “ I ngvar K amprad E lmtaryd A gunnaryd” soʻzlari bosh harflari yigʻindisidan tashkil topgan,yani kompaniya asoschisi ismi sharifi va u yashagan ikki turar joy nomlari.

Boshqaruv:



IKEA kompaniyasi Stichting Ingka Foundation niderlandiya fondiga tegishli.(gruppaning bosh kompaniyasi - Ingka Holding B. V, Gollandiya)
Kompaniya prezidenti – Anders Dal`vig.2006-yil Forbes jurnali tomonidan tuzilgan dunyoning eng boy shaxslari safiga kiradi. Ingvar Kamprad – kompaniya asoschisi va egasi, dunyoning eng boy shaxslari ichida toʻrtinchi oʻrinda, uning mulki $28 milliard ni tashkil etadi.

Faoliyat turi:




IKEA kompaniyasining asosiy faoliyati mebel ishlab chiqarish va sotish hisoblanadi.Ushbu mebelni hech kimning yordamisiz uyda terib olish mumkin.2006-yil maʼlumotlariga koʻra kompaniya 33 davlatda 229 ta savdo markazlariga ega. Savdo markazlarining asosiy qismi Evropada joylashgan.IKEA kataloglari bepul tarqatiladi, 2006-yilda 160 million nusha chop etilgan.
Swedwood kompaniyasi(IKEA konserni) dunyoning 11 davlatida 30 dan ortiq mebel va yogʻochni qayta ishlash tashkilotlarga egalik qiladi.IKEA da ish bilan taʼminlangan ishchilar soni – 104 ming kishini tashkil etgan(2006yilda). Hoovers maʼlumotlariga koʻra IKEA ning 2005-yilgi oboroti $18 mlrdni tashkil etgan.

IKEA Rossiyada:



IKEA ning Moskva dagi ilk savdo markazi 2000-yilda ochildi. 2002-yil dekabr oyida birinchi “Mega” (maydoni – 150 000 kv.m, investisiya hajmi - $200mln) ochilgan. 2007-yil fevral oyiga binoan Rossiyada IKEA ning 8 ta savdo markazlari (Moskvada – 3 ta, Sankt- Peterburgda –2 ta,Kazan,Nijniy Novgorod va Ekaterinburgda – 1tadan) faoliyat olib bormoqda.

Magazinlar roʻyhati
Moskva[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sankt-Peterburg[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqa shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurilayotgan magazinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz