IKAR



IKAR — asteroid (kichik Sayyora). Tartib raqami 1566. Nemis astronomi U. Baade 1949 yilda kashf etgan. Diametri — 1,5 kilometr. Orbitasi cho’ziq ellips shaklida. Quyoshdan o’rtacha uzoqligi — taxminan 161,5 million kilometr. Perigeliyla Merkuriyga Karaganda Quyoshga ikki baravar yaqin. Quyosh atrofida aylanish davri 409 sutka. Yerga har 19 yilda bir marta juda yaqin (-7 million kilometr) keladi. Masalan, 1968 yil va 1987 yilda erga shuncha yaqinlashgan, navbatdagi yaqinlashish 2006 yilga to’g’ri keladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz