Ijtimoylashuv
Ijtimoylashuv tushunchasi
«Ijtimoylashuv» atamasini birinchi boʻlib amerikalik sotsiolog F.G.Keddings insonlarga nisbatan qo`llagan. U oʻzining «Ijtimoylashuv nazariyasi» (1987) kitobida «ijtimoylashuv individ tabiati yoki xarakterining rivojlanishi, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir», degan fikrni bildiradi.
Bugungi kunda jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatning asosiy maqsadlaridan biri — barkamol avlodni tarbiyalashdir. Barkamol avlod tarbiyasi uchun mas’ul boigan kishilar sifatida psixolog mutaxassislarga bugungi mavzu juda dolzarbdir.
Har birimizning jamiyatdagi oʻrnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bolgani, jamiyatga qoʻshilib yashashimizning psixologik mexanizmlari jarayoni psixologiyada ijtimoylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi. Ijtimoylashuvga oid bir qancha ta’riflar mavjud bo`lib, quyida ulardan bir qanchasining izohi beriladi.
Shaxsning ijtimoylashuvi
Ijtimoylashuv (ba’zi adabiyotlarda sotsializatsiya deb berilgan) tushunchasi ijtimoiy-psixologik, sotsiologik, pedagogik kategoriyalardan biri boiib, bu atama shaxsning uni oʻrab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’siri ostida jamiyatdagi mavjud tajribalarni oʻzlashtirishga moyilligi yoki oʻzlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosi ostida individ tugʻilib, uni oʻrab turgan birlamchi va ikkilamchi muhit ta’sirida ulgʻayishi, undan soʻng jamiyatga qoʻshilishi, oʻrgangan barcha tajribalarini atrof
muhitdagilar bilan hamkorlik qilish jarayonida qo`llashi va kimlargadir shu tajribalarni uzatishda vosita bolishi jarayoni tushuniladi.
Ijtimoylashuv inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash, hayot va faoliyat jarayonida uni faol tarzda qollash jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv har bir shaxsning jam iyatga qoʻshilishi, uning me’yorlari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni koʻrsatishi va kerak boʻlsa, shu ijtimoiy tajribasini oʻz navbatida oʻzgalarga oʻrgata olish jarayonidir.
Ijtimoylashuv soʻziga berilgan ta’riflardan eng keng tarqalgani (lot. Socialis — ijtimoiy, jamoaviy) individning jamiyatga kirib borib, undagi hayot uchun zarur boʻladigan malaka, rollar, me’yorlar va qadriyatlarni oʻzlashtirishidir. Ijtimoylashuv jarayonida insonlarda jamiyatdagi muloqotning ishtirokchisi boiishi uchun kerak bo`ladigan ijtimoiy sifatlar, bilimlar, koʻnikmalar shakllanib boradi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ijtimoylashuv terminining yana ikkita sinonimi keng qoʻllaniladi: ya’ni bular
«shaxs shakllanishi» va
«tarbiya» jarayonidir. Ijtimoylashuv «individning jamiyatga kirib borishi», «ijtimoiy ta’sirlarni oʻzlashtirish» hamda «ijtimoiy aloqa jarayonida ulardan foydalanish» kabi tushunchalar orqali ham ifodalanadi.
Ijtimoylashuv — bu bizning jamiyatga qoʻshilib yashashimiz va shu jamiyatda mavjud boʻlgan ijtimoiy tajribalarni o ʻzlashtirishimizdan iborat bo'lgan jarayondir.
Bu jarayon uch bosqichdan iborat holda kechadi individ ijtimoiy tajribani: Ijtimoylashuv borasidagi nazariyalar
Ijtimoylashuv jarayonini turli psixologik ilmiy maktablar turlicha tahlil qilganlar:
U ijtimoiylashuv mexanizmlariga quyidagilarni kiritadi: adaptatsiya; identifikatsiya; ishontirish; taqlid qilish.
Adaptatsiya — shaxsning oʻz ichki xususiyatlarini oʻzi yashayotgan muhit xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oʻzgartirishi.
ldentifikatsiya — mdivid tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xulq-atvorini, qadriyatlarini va ijtimoiy me'yorlarini oʻzida qayta tiklashi (o’ziniki qilib oʻzlashtirish).
Taqlid qilish — individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xatti-harakati, yurish-turishi, gapirishini oʻzida qayta tiklash (oʻziniki qilib oʻzlashtirish).
Ishonish — individ tomonidan ongli va ongsiz holatda u bilan muloqotga kirgan insonlarning fikrlari, his-tuygʻulari, dunyoqarashlarini oʻzida qayta tiklash (o'ziniki qilib oʻzlashtirish).
Shaxsning ijtimoylashuvi borasida ish olib borgan olimlardan biri K.Frommdir Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Ijtimoylashuv — bu insonning jamiyatda yashashi, o‘zini ijtimoiy guruh a'zosi sifatida his qilishi va jamiyat qoidalari, qadriyatlari, norma va madaniyatiga moslashishi jarayonidir. Ijtimoylashuv orqali shaxs o‘zining shaxsiy xususiyatlarini rivojlantiradi, jamiyatda munosabatlar o‘rnatadi va madaniy merosni avloddan avlodga yetkazib beradi.
Ijtimoylashuvning asosiy jihatlari:
- Ijtimiy muhit ta’siri: Bolalikdan boshlab, yaqin oilaviy muhiti, maktab, do‘stlar, ommaviy axborot vositalari kabi turli ijtimoiy muhitlar shaxsning ijtimoylashuv jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi.
- Norma va qoidalarni o‘rganish: Ijtimoylashuv jarayonida odam jamiyatda qabul qilingan qoidalar, odatiy xatti-harakatlar, axloqiy talablar bilan tanishadi va ularni bajarishga o‘rganadi.
- Shaxsning ijtimoiy identifikatsiyasi: Inson o‘zini ma’lum bir guruh yoki jamiyat qismi sifatida tanib, o‘sha guruhning qadriyat va an’analariga rioya qiladi.
- Madaniyatni o‘zlashtirish: Ijtimoylashuv avtomatik tarzda madaniyatga yaqinlashishni va uni o‘zlashtirishni anglatadi. Bu til, an’analar, urf-odatlar, qadriyatlar, e’tiqodlar va boshqa madaniy elementlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoylashuv jarayoni turlari:
- Rasmiy ijtimoylashuv: Maktab, ish joyi, dini tashkilotlar kabi institutlarda yuz beradigan ijtimoiylashuv turi.
- Norasmiy ijtimoylashuv: Do‘stlar, oilaviy munosabatlar va kundalik hayotdagi muloqotlar orqali amalga oshadigan jarayon.
- Guruhlashuv: Shaxs ma’lum bir guruhga a’zo bo‘lishi va guruhning ijtimoiy qonunlarini qabul qilishi.
Ijtimoylashuvning ahamiyati:
- Shaxsning jamiyatda faol ishtirok etishiga sharoit yaratadi.
- Jamiyatda barqarorlik va tartibni ta’minlaydi.
- Ijtimoiy o‘zaro aloqalarni mustahkamlaydi.
- Shaxsning psixologik rivojlanishini ta’minlaydi.
- Madaniyat va urf-odatlarning avloddan avlodga o‘tishini kafolatlaydi.
Xulosa:
Ijtimoylashuv — bu inson ongida va xulq-atvorida shakllanuvchi murakkab ijtimoiy jarayon bo‘lib, uning yordamida shaxs jamiyatga qabul qilinadi, o‘zining ijtimoiy rolini bajaradi va madaniy qadriyatlar tizimida faol qatnashadi. Bu jarayon orqali inson nafaqat o‘zini o‘zgartiradi, balki jamiyat ham o‘zidan yangi avlodning hissasi bilan boyiydi.