Ijtimoiy me’yorlar




Ijtimoiy me’yor — bu ma’lum bir vaziyatda kishilar qanday gapirishi, qanday harakat qilishini ifodalab beruvchi namuna yoki qoliplardir.

Ijtimoiy me’yorga olimlar tomonidan berilgan ta’riflarning umumlashmasi sifatida quyidagi ta’rifni qabul qilish mumkin: Ijtimoiy me’yor — shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning oʻz a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va koʻpchilik tomonidan e’tibor etilgan harakatlar talablaridir.

Me’yor soʻzi lotin tilidan olingan boʻlib, uning mazmuni «qoida», «namuna», «standart» degan ma’noni anglatadi. Jamiyatdagi mavjud me’yorlar shaxsga, oilaga, guruhga, tashkilotga oʻzining aslini yoʻqotmay, oʻzligicha qola oladigan darajada ma’lum bir chegaralarni qoʻyadi. Jamiyat a’zolarining shaxslararo munosabatlari, ijtimoiy guruhlarning harakat va faoliyatlari aynan shu jamiyatdagi ijtimoiy me’yorlar orqali nazorat qilinadi.

Ijtimoiy me’yorlar — haqiqatdan ham tartib va qadriyatlarning himoyachisidir. Hattoki eng oddiy oʻzini tutish (axloqiy) me’yorlari ham oʻzida guruh va jamiyat tomonidan qadrlanuvchi jihatlarni aks ettiradi.

Qadrlash va me’yor orasidagi farq quyidagicha:

Ijtimoiy me’yorlarning kelib chiqishi



Atrofimizni qurshab turuvchi borliq (tashqi olam)dagi mavjud boimish barcha narsa va hodisalar oʻz rivojlanish va kelib chiqish tarixiga ega. Xuddi shuningdek me’yorlar ham.

Ijtimoiy me’yorlarning turli koʻrinishlari bir vaqtning oʻzida yuzaga kelmagan, balki zaruriyat tugʻilganligiga qarab birin-ketin vujudga kela boshlagan. Jamiyat rivojlangan sari ular murakkablashib borgan. Olimlarning ta’kidlashicha, ijtimoiy me’yorning dastlabki turlari ibtidoiy jamiyatda marosimlar (ritual) boʻlgan. Marosim — oldindan bajarilishining qat’iy shakli belgilangan asosiy va muhim boigan oʻzini tutish qoidalari. Marosimning oʻzi unchalik muhim emas — eng asosiysi uning shaklidir. Ibtidoiy odamlarning hayotidagi koʻp hodisalar rituallar (marosimlar) yordamida o'tkazilgan. Bizga maiumki, qabiladoshlarni ovga yuborish, sardorlik lavozimini egallash, sardorlarga sovgʻa taqdim etish marosimlari boigan. Marosimlardan soʻng udumlar ajrala boshladi. Udumlar oʻzida ramziy ma’nodagi harakatlarni oʻtkazishdagi ba’zi qoidalarni aks ettiradi. Marosimlardan farqli oʻlaroq udumlarda shunday xususiyat borki, ular axloqiy (ideal) maqsadli va odam psixikasiga chuqur ta’sir koʻrsatadi. Insoniyatning yangi va yuqoriroq rivojlanish bosqichlarining koʻrsatkichlari boʻlmish odatlar keyingi davrlarda rivojlangan ijtimoiy me’yorlardir.

Ibtidoiy davrda rivojlangan yana bir ijtimoiy me’yor turi bu diniy me’yorlardir. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchi oldida oʻzining zaifligini sezar va uni xudoning kuchi deya qabul qilishardi. Dastlab, diniy sigʻinish obyekti aniq bir buyum — «fetish» boʻlgan. Keyinchalik odamlar biror-bir hayvon yoki oʻsimlikka — «totem»ga sig'inishgan, chunki uni oʻzining himoyachisi va ajdodlari deb hisoblashgan.

Ilk ibtidoiy jamiyatda odat va diniy me’yorlar bilan parallel ravishda axloq me’yorlari ham shakllangan boʻlib, ularni ijtimoiy me’yorlar deb atash mumkin. Ularning vujudga kelgan vaqtini aniqlab boʻlmaydi. Faqat shuni aytish mumkinki, axloq insoniyat jamoatchiligi bilan birga yaraladi va ijtimoiy nazoratning eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Davlatlarning paydo boʻlishi bilan birga dastlabki huquqiy me’yorlar yuzaga kelgan.

Ijtimoiy me’yor vazifasi



Ijtimoiy me’yorlarning vazifasi shundan iboratki, u jamiyat a’zolariga ma’lum bir munosabatlarda yoki harakat qilish jarayyonida nima «toʻg ʻri», «majburiy», «tasdiqlanuvchi», «kutiluvchi», «inkor etiluvchi» ekanligini tushunishga yordam beradi. Ijtimoiy me’yorlarning oʻziga xos jihatlaridan biri ularning hech qayerda yozilmaganligi va ularni buzgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmasligidadir. Ijtimoiy me’yorlarning oʻziga xos belgilari sifatida quyidagilarni koʻrsatib oʻtish mumkin:

Jamiyatning koʻpchilik a’zolari uchun bora-bora bajarilishi shart boʻlib qoladigan ma’lum udumlar, odat tusiga aylanishga ulgurgan harakatlar shu jamiyat a’zolari uchun «umumiy qoidalar» boʻlib xizmat qiladi. Shunday me’yorlar mavjudki, ular buzilsa yoki ularga amal qilinmasa, u holda kichik jazolar (uni ma’qullamaslik, qovoq uyish, noma’qul qarash) qoʻllaniladi.

Ijtimoiy me’yorlar tizimi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ruhiy yuksalishlarni oʻzida aks ettiradi. Ularda quyidagilarning aksini topish mumkin: hayot tarzi, xalqning tarixiy xususiyatlari, uning mentaliteti, davlatda mavjud boʻlgan boshqaruv hokimiyatining koʻrinishi. Me’yor odamlarni jamoa va guruh sifatida bir-biriga bog'laydi. Bu qanday amalga oshadi? Birinchidan, me’yor — bu kutishdir: me’yorga amal qilgan odam atrofdagilardan ham xuddi shunday harakatni kutadi. Piyodalar oʻtish yoʻlakchasining oʻng chekkasidan oʻtayotgan odamlar toʻgʻrisidan, qarama-qarshi tarafga kelayotgan odamlar yoʻlakning chap tarafiga oʻtsa, tartibli, tashkillashtirilgan harakat amalga oshadi. Me’yorlarni buzish oqibatida esa kishilarning bir-birlari bilan turtilib ketishi yuzaga keladi va natijada nizoli vaziyat yoki biror falokat yuz berishi mumkin. Demak, me’yorlar subyektining maqsadi, motivi, faoliyat, kutishi, baho berishi kabilarni qamrab oluvchi ijtimoiy munosabatlar tizimini shakllantiradi. Shu tariqa, me’yorlar kutish koʻrinishida (boshqalarning oʻzini tutishiga nisbatan reaksiya) yoki standart xatti-harakatlar (majburiyat, qoida) koʻrinishida talqin etilishiga koʻra ma’lum vazifani bajaradi.

Nimaga odamlar me’yorlarga amal qiladi va nega jamoatchilik bularni nazorat qiladi? Me’yor qadr-qimmatning himoyachisidir. Oila sha’ni va qadri azaldan odamlar va jamiyatning eng muhim qadriyatlaridan hisoblanib kelgan. Jamoatchilik tomonidan esa uning barqarorligi va rivojlanishi qadrlanadi. Oila jamiyatning asosiy yacheykasi va u haqida qaygʻurish jamiyatning eng muhim vazifasidir. Oila va unda amal qiladigan me’yorlarning asosi sifatida quyidagi hadislarni keltirish oʻrinlidir:

«Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq odobini ham yaxshilangiz» (38-hadis) , «Hech bir ota oʻz farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi» (136-hadis).

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz