Ijtimoiy fikr




Ijtimoiy fikr — jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi. Oʻzbekiston Respublikasidagi hukumatga qarashli boʻlmagan (nodavlat) ilmiy tadqiqot muassasasi. 1997-yil 25 iyunda tuzilgan.

Asosiy vazifalari:

Markaz oʻzbek, rus, ingliz tillarida «Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari» jurnalini nashr etadi. Jamoatchilik fikri monitoringini, turli marketing va boshqa amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish; hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, oʻquv markazlari, ilm-fan vakillari ishtirokida munozara, davra suhbatlari, anjumanlar oʻtkazish markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishi hisoblanadi.

Markazda sotsiologik tadqiqotlarni rejalashtirish, ekspertiza va tahlil, konkret sotsiologik tadqiqotlarning sotsiologik monitoringi, ishlab chiqarish-texnika, axborot va marketing boʻlimlari bor. Markazni axborot-tahliliy maʼlumot bilan taʼminlash, ijtimoiy fikr va demokratik taraqqiyot muammolarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritish, viloyatlardagi markaz boʻlimlariga ilmiy-metodik maslahat bilan yordam koʻrsatish guruhlaridan iborat maxsus ijodiy jamoalar tuzilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz