Ijod erkinligi
Ijod erkinligi – fuqarolarning oʻzlari xohlagan sohada shuningdek xohlagan mavzuda ilmiy-ijodiy yoki ijodiy-badiiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqi hisoblanadi. Ijod erkinligi Oʻzbekiston Respublikasining qator qonun hujjatlarida mustahkamlab qoʻyilgan. Shunga koʻra, har kimning ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatining madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga gʻamxoʻrlik qiladi .
Manbalar
uz.wikipedia.org