Iiro Tarkki
Iiro Tarkki (talaffuzi: Iyro Tarkki) (1985-yil 1-iyulda tugʻilgan) — finlandiyalik sobiq professional xokkey darvozaboni. Iiro Tarkki oxirgi marta Finlandiya Ligasi vakili „Oulun Kärpät“ xokkey klubi bilan oʻynagan. Iiro Tarkki darvozabon Tuomas Tarkkining ukasi hisoblanadi.
Oʻyin faoliyati
Iiro Tarkki dastlab oʻz vatani Finlandiyada „Lukko“, „SaiPa“ va SM liiga vakili „Espoo Blues“ xokkey klublari bilan professional tarzda xokkeychilik faoliyatini olib borgan. 2011-yilning 6-mayida Iiro Tarkki „Anaheim Ducks“ xokkey kjlubi bilan bir yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga daxlsiz erkin agent sifatida imzo chekdi.
Iiro Tarkki oʻzining NHLdagi ilk oʻyinini 2012-yilning 8-yanvarida „Ducks“ xokkey klubi safida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubiga qarshi oʻtkazdi. Ushbu uchrashuvda asosiy darvozabon Jonas Hiller birinchi boʻlim oxirida jarohat oldi va Iiro Tarkki uning oʻrniga maydonga tushirildi. Iiro Tarkki ushbuy uchrashuvda „Ducks“ xokkey klubining 7-4 hisobida gʻalaba qozonishiga hissa qoʻshdi. Bu koʻrsatkich bilan klub NHLdagi birinchi gʻalabasini nishonlandi.
2013-yil 2-oktyabrda Iiro Tarkki Kontinental Xokkey Ligasi (KHL) vakili „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi bilan shartnomani bekor qilgandan soʻng erkin agentga aylandi. 2013-yil 18-noyabrda Iiro Tarkki „Linköpings HC“ xokkey klubi bilan mavsumning qolgan qismi uchun shartnomaga rozilik berib, Shvetsiya Xokkey Ligasiga oʻtdi.
Keyinchalik Finlandiya chempionatiga qaytib, „Oulun Kärpät“ xokkey klubi bilan (ikkinchi mavsumida) Iiro Tarkki 2015—2016-yilgi mavsumda 12 ta oʻyinda maydonga tushdi va shartnoma bekor qilinishidan oldin 2015-yil 31-dekabrda professional faoliyatini yakunladi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org