IHTILOM



IHTILOM, pollyusiya — erkaklarda g’ayri-ixtiyoriy bulg’anish (sperma kelishi). Ihtilom ko’pincha o’smirlarda ro’y beradi va jinsiy balog’atga yetish davrining boshlanganini bildiradi; bir maromdagi jinsiq hayot boshlangach, Ihtilom to’xtaydi. Birinchi Ihtilomning paydo bo’lishi bolaning individual tug’ma xususiyatlari, umumiy sog’ligi, hayot tarzi va qiziqishlariga bog’liq. Tungi Ihtilomdan tashqari, kishi kunduzi uyg’oq vaqtida ham (ba’zan ayolni o’pganda yoki yalang’och holda ko’rganda va hokazolar) Ihtilom bo’lib qolishi mumkin. Katta kishilarda tungi Ihtilom o’zi odatlangan jinsiy aloqani to’xtatganda kuzatiladi. Ihtilom kasallik alomati bo’lmay, aksincha, jinsiy bezlarning gormonal faolligi saqlanganligidan dalolat beradi. Markaziy nerv sistemasi, prostata bezi kabi a’zolar kasalliklarida Ihtilom doimiy tus oladi. Bunda mutaxassis vrachga murojaat qilish kerak.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz