Ihor Kiriyenko




Ihor Serhiyovych Kiriyenko (ukraincha: Ігор Сергійович Кірієнко) (talaffuzi: Ihor Sergiyovich Kiriyenko) (1986-yil 5-martda tugʻilgan) —ukrainalik professional futbolchi. Ihor Kiriyenko hujumchi sifatida oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati



Nikopolda tugʻilgan Ihor Kiriyenko „Nikopol“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi boʻlib, 1999—2002-yillarda milliy yoshlar ligasida (Kolos va Elektrometalurh) „Nikopol“ jamoalarida oʻynagan.

2004—2007-yillarda Ihor Kiriyenko „Illichivets Mariupol“ (keyinchalik FK Mariupol) futbol klubini Oliy liga oʻyinlarda himoya qilgan.

Ihor Kiriyenko 2009-yil qishki transfer oynasida „Kremin Kremenchuk“ futbol klubiga oʻtgan edi.

Faoliyatidagi eng yorqin davr 2013—2016-yillarga toʻgʻri keldi, oʻshanda Ihor Kiriyenko „Hirnyk-Sport Komsomolsk“ jamoasida oʻynagan va 46 ta gol urgan. Ihor Kiriyenko 2013—2014-yilgi mavsumda Ukraina Ikkinchi ligasi vakili „Hirnyk-Sport“ klubiga Ikkinchi ligada gʻalaba qozonishga yordam berdi va 27 ta gol bilan mavsumdagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Dinaz Vyshhorod



2021-yil 19-martda Ihor Kiriyenko „Chaika“ futbol klubiga qarshi gʻalaba qozongan oʻyinda ikkita gol urdi.

Olimpik Donetsk



2021-yilning yozida Ihor Kiriyenko „Olimpik Donetsk“ futbol klubi safiga koʻchib oʻtdi va u Ukraina birinchi ligasida 2021—2022-yilgi mavsumda „Kryvbas Kryvyi Rih“ klubi darvozasiga gol urib debyut qildi.

Shevardeni-1906 Tbilisi



2022-yil fevral oyida Ihor Kiriyenko Gruziyaning Erovnuli Ikkinchi Ligasi vakili „Shevardeni-1906 Tbilisi“ futbvol klubi safiga qoʻshildi.

Milliy terma jamoa



2003-yilda Ihor Kiriyenko Ukrainaning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasining 23 nafardan iborat jamoasiga chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi



Klub



2022-yil 24-may holatiga ko'ra;

Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz