Ihlas Bebou
Ihlas Bebou (talaffuzi: Ixlas Bebu; 1994-yil 23-aprelda Togoning Sokoda shahrida tugʻilgan) — togolik nemis millatiga mansub futbolchi, „Hoffenheim“ futbol klubi va Togo terma jamoasining vingeri.
Klublardagi faoliyati
Ihlas Bebou „Fortuna“ futbol klubi bitiruvchisi. Futbolchi 2013-yil 15-sentyabrda Drezdenning „Dinamo“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Ihlas Bebou Ikkinchi Bundesligada debyut qilgan. Shu bilan bir qatorda, Ihlas Bebou 2015-yil 17-aprelda „Ingolstadt 04“ futbol klubiga qarshi bahsda „Fortuna“ futbol klubi safida birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan.
2017-yilning yozida Ihlas Bebou „Hannover 96“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan va 4 yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 5 million yevroni tashkil qilgan. 9-sentyabr kuni Ihlas Bebou Bundesligadagi debyutini „Wolfsburg“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan. Shuningdek, Ihlas Bebou 15-sentyabr kuni „Hamburg“ futbol klubiga qarshi bahsda „Hannover 96“ futbol klubi safida birinchi golini urgan.
Xalqaro faoliyati
2016-yilning 4-sentyabr kuni Ihlas Bebou Togo terma jamoasi safida Jibutiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan.
2017-yil boshida Ihlas Bebou Togo milliy terma jamoasi tarkibida Gabonda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan. Turnirda Ihlas Bebou Kot-d’Ivuar, Marokash va Kongo Demokratik Respublikasi jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org