IGUASU — 1) Janubiy Amerikadagi daryo, Braziliya hududida, Parananing chap irmog’i. Uzunligi 1320 kilometr, havzasining maydoni 62 ming kilometr kvadrat. Quyi qismida Braziliya bilan Argentina chegarasidan oqadi. Serostona, sharsharalar bor; 2) Janubiy Amerikadagi sharshara, Iguasu daryosida. Iguasu daryosining Parana daryosiga quyilish joyidan 26 kilometr yuqorida. Ikkita tik bazalt zinadan o’zaro orollar bilan ajralgan 275 dan ortiq katta va kichik sharsharalardan iborat bo’lib, tor daraga 72 metr balandlikdan tushadi. Kengligi 4000 metrgacha. Iguasu atrofida shu nomda Argentina va Braziliyaga qarashli milliy Park tashkil etilgan. Turizm rivojlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish