Igor Zeyger




Igor Zeyger (1977-yilda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik, isroillik, italiyalik rassom va kurator.

Hayoti



Igor Zeyger 1977-yilda Toshkent shahrida (Oʻzbekiston) muhandis Mark Zayger va maktab oʻqituvchisi Larisa Yavets oilasida tugʻilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining aloqa magistraturasini tamomlagan. Zeyger 2000-yili Isroilga koʻchib kelib, avval Ramat Xashofet kibutsida, keyin Rehovotda yashagan. 2011-yilda Tel-Avivga koʻchib oʻtib, oʻz vaqtini navbatma-navbat Italiya va Yaffada ishlash bilan oʻtkazadi.

Faoliyati



Zeyger avtodidakt sifatida faoliyatini hujjatli fotografiyadan boshlagan. U Studio Gavra fotosuratlar maktabida Sagit Zluf Namir sinfida oʻqib, maktabni 2012-yilda tamomlagan. Uning ustozlari David Adika, Gaston Zvi Ickowicz va Nissan N. Perez boʻlgan. 2015-yil aprel oyida Zeygerning surati xalqaro „Israeli Lens“ jurnalining muqovasida chop etiladi. Igorning fotosurati Pako Anselmining „Karam: A Matter Of Karma“ hujjatli filmi uchun poster surati sifatida tanlangan. U 2016-yili TLVFestda namoyish etilgan edi. Keyinchalik Zeyger Yaffada yashab, ish faoliyatini olib boradi.

Zeyger Qirollik sanʼat jamiyati aʼzosi. Shuningdek, Isroil tasviriy sanʼatkorlar uyushmasi va Qirollik fotosuratlar jamiyati aʼzosi. U 2018-yilda ikki rassom hamkasbi Mariya Rosenblatt va Erika Tal-Shir bilan birgalikda Beam Collective badiiy kooperativiga asos solgan.

Kuratorlik faoliyati




Toʻplamlari



Igor Zeygerning asarlari Hayfa sanʼat muzeyi, Quddus shahar kutubxonasi, Yeiser sanʼat markazi, Klostergalerie muzeyi, Zehdenikning doimiy kolleksiyalarida; Karib dengizi sanʼat muzeyi, Puerto-Riko va Buyuk Britaniya hukumati sanʼat toʻplami

Bibliografiyasi




Manbalar




Tashqi havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz