Igor Volchok




 

Igor Semyonovich Volchok (1931-yil 4-oktabr, Moskva — 2016-yil 19-aprel, Moskva) — sovet va rus futbol murabbiyi. RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1972).

Tugʻilgan familiyasi vaqtidagi Volchek deb yozilgan. Harbiy xizmatga borganidan soʻng hujjatlardagi chalkashliklar natijasida familiya Volchok ga oʻzgartirildi. Rossiyalik taniqlik aktrisa Galina Volchek ota tarafidan qarindoshi hisoblanadi.

Futbolchilik faoliyati



Igor professional futbolchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. U Moskva terma jamoasining sardori boʻlgan, shuningdek, Moskvaning „Torpedo“ (1950) va SSKA (1951-52) klublarining asosan oʻrinbosarlar va havaskorlar jamoalarida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati



Yorqin oʻtmagan futbolchilik faoliyatidan soʻng 1958-yildan oʻzini murabbiy sinashni boshladi. Murabbiylik faoliyatida Igor bilan birga ishlagan va unga yordamchilik qilgan juda koʻplab shogirdlari keyinchalik murabbiylik sohasida oʻzlarini muvaffaqiyatli isbotlaganlari bilan mashhur boʻldi: Aleksandr Averyanov, Qurbon Berdiyev, Valeriy Gazzayev, Valeriy Gladilin, Givi Nodia, Valeriy Petrakov, Yuriy Syomin, Vitaliy Shevchenko, Vladimir Shevchuk, Vladimir Eshtrekov kabi mashxur insonlar u bilan birga ishlagan va koʻplab darslar olgan edi.

Faoliyatini Ukraina jamoalarida boshlagan, bir qancha vaqt Qozogʻiston klublarida ham ishlagan edi. 1973—1978, 1983—1985-yillarda Moskvaning „Lokomotiv“ klubida, 1979—1981-yillarda „Qayrat“ klublarida bosh murabbiy vazifasida ishlagan. 1990—1991-yillar Oʻzbekiston jamoalaridan Namanganning „Navbahor“ klubi bosh murabbiyi boʻldi va jamoani tarixda ilk bor SSSR Birinchi ligasiga chiqishida muhim vazifani bajardi. Keyinchalik 2003-yilda klubga qaytib 5 yillik mavsumdan soʻng jamoani sovrindorlar qatoridan oʻrin olishini imkonini berdi va yakunda Oʻzbekiston Oliy ligasida „Navbahor“ jamoasi bronza medallari sohibi boʻldi. 2016-yil 16-aprelda Moskva shahrida vafot etdi.

Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz