Igor Taran (futbolchi, 1971)
Igor Petrovich Taran (ukraincha: Ігор Петрович Таран; 23-may 1971-yil) – ukrainalik sobiq futbolchi, himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.
Futbolchilik faoliyati
Kiyevning „Dinamo“ klubi bitiruvchisi, 1989-yilda SSSR futbol federatsiyasi kubogida asosiy jamoa tarkibida 1 ta oʻyin oʻtkazgan. 1992—1995-yillar oraligʻida Kiyev klubi tizimiida harakat qildi. Igor dastlab asosiy jamoa tarkibida mashgʻulot olib bordi va keyinchalik Dinamo-2 farm jamoasi tarkibida oʻynadi. Kiyevlar farm jamoasidan keyinchalik boshqaq jamoalarga ijaraga ham berildi.
„Bukovina“ da ijarada oʻynab, Ukraina chempionati oliy ligasida debyut qildi. Dastlabki debyut oʻyinini 1994-yil 21-may, „Bukovina“ 2-0 „Metallurg“ (Zaporojye) boʻlgan oʻyinda oʻtkazdi. Umuman olganda, u oliy ligada Chernovtsi jamoasi uchun 6 ta oʻyin oʻtkazgan. Nikolaev uchun oliy divizionda yana bir oʻyin oʻtkazdi.
1996-yilda u „Fakel“ Varva havaskorlar jamoasiga qoʻshildi va u bilan Ukraina chempionati havaskorlar ligasining 4-zonasi gʻolibi boʻldi va keyinchalik ikkinchi ligada oʻynadi. 1998-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasi vakili „Doʻstlik“ jamoasi tarkibida faoliyat olib bordi.
Terma jamoadagi faoliyati
1995-yilda u Yaponiyada boʻlib oʻtgan Universiadada Ukraina talabalar jamoasi aʼzosi sifatida ishtirok etdi. Turnir yakuniga koʻra ukrainaliklar 4-oʻrinni egalladi.
Havolalar
uz.wikipedia.org