Igor Taran




Igor Taran (1983-yil 29-dekabr , Toshentda tavallud topgan) — oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, hujumchi. Hozirda murabbiy.

Jamoalardagi faoliyati



Faoliyatini 2003-yil G‘uzorning „Sho‘rtan“ klubida boshlagan. Bu vaqt ichida u „SHoʻrtan“ safida 48ta oʻyinda maydonga tushib, 22ta gol urgan. 2007-2008-yilda „Andijon“ jamoasiga o‘tib, ikki mavsum o‘ynagan. Andijonliklar safida 55 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. 2009 yilda u sobiq jamoasi „Sho‘rtan“ga qaytdi va 2013 yilgacha G‘uzorliklar safini himoy qildi. Bu vaqt ichida u 102 uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol urishga erishdi. Bu ko‘rsatkichlar evaziga Igor Taran „Sho‘rtan“ning eng yaxshi posbonlari va to‘purarlaridan biriga aylandi. 2013-yil 4-yanvar kuni „Bunyodkor“ Igor Taran bilan shartnoma imzolaganini rasman eʼlon qildi. Taran qaldirgʻochlar safida Oʻzbekiston chempioni va kubogi sohibiga aylandi. 2014-yili Qarshining „Nasaf“ jamoasida bir mavsum o‘ynab, 2015-yilda „Sho‘rtan G‘uzor“ ga qaytdi va 2018-yilgacha G‘uzorliklar safini himoy qildi. 2018-yil Mavsumni Fargʻonaning Qoʻqon-1912 jamoasida boshladi, ikkinchi davrada viloyatning boshqa jamoasi Neftchi klubida oʻtkazdi. 2019-yilda futbolchilik faoliyatini yakunladi. Hozirda murabbiy.

Milliy terma jamoa



U 2010-yil 11-avgust kuni Albaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan va u Albaniyani 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Igor Taran to‘rtta uchrashuv o‘tkazdi. U milliy terma jamoadagi debyut uchrashuvini 2010-yilning 11-avgustida Albaniya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.

Yutuqlari



Bunyodkor

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz