Igor Tabanyuk




Igor Petrovich Tabanyuk (1961-yil 13-iyul, Fargʻona, Oʻzbekiston — 2021-yil 28-iyul, Sheparivtsi, Ukraina) — Ukraina jamoat arbobi, harbiy uchuvchi, instruktor uchuvchi, harbiy xizmatchi (ofitser).

Biografiya



Igor Tabanyuk 1961-yil 13-iyulda O‘zbekiston SSRning Farg‘ona shahrida harbiy uchuvchi oilasida tavallud topgan. Ukraina SSRning Chernigov shahrida joylashgan Lenin komsomol nomidagi „Chernigov oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabi“da harbiy uchuvchilikdan taʼlim olgan. 1981-yilda u birinchi marta samolyot ruliga oʻtirdi. 1980-yilda Chernigov aviatsiya maktabini tamomlagan. Ukrainaning bir necha shaharlari, Chortkov, Mukachevo, Kolomii shuningdek Vengriya va Ozarbayjonda uchuvchi sufatida hizmat faoliyatini olib bordi. 2002-yilgacha u Kolomiyadagi eskadron komandiri, parvozga tayyorlash polki komandirining oʻrinbosari boʻlgan. U L-39, MiG-21, Yak-28 va Su-24MR samolyotlarida uchgan.

Igor 2010-yilda oʻzining hamkasblari bilan birgalikda Kolomiyada kichik aerodrom yaratdi. Aerodrom uchuvchilar maktabida 30 nafar uchuvchiga murabbiylik qildi. Uning shogirdlari orasida Dmitriy Komarov, Oleksandr Shumskiy, Mariya Berlinska kabi mashxur insonlar ham bor edi. Igor 2019-yil aprel oyida Dmitriy Komarov va doʻstlari bilan uch kun ichida, toʻrt oʻrindiqli samolyotda Ukrainaning barcha hududlari boʻylab uchib oʻtdi va mamlakatdagi aerodromlarning barcha, 33 tasiga tashrif buyurdi. Bu xolat Ukraina tarixidagi rekord koʻrsatkich edi. Igor shuningdek „Prikarpat bolalar va oʻsmirlar kichik aviatsiya sport assotsiatsiyasi“ NNT asoschisi (2010) hisoblanadi.

2021-yil 28-iyulda Rossiyaning Ivano-Frankivsk viloyati Sheparivtsi qishlog‘ida parvoz vaqtida aviahalokatga uchrab vafot etdi.

Oila



Igor oila qurgan, ayolining ismi Oksana. Oksana ikki nafar oʻgʻilni tarbiyaladi: Igor va Denis (Denis 2013-yilda parvoz paytida vafot etgan).

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz