Igor Sechin




Igor Ivanovich Sechin (ruscha: И́горь Ива́нович Се́чин 7-sentyabr 1960-yil, Leningrad) — Rossiyaning «Rosneft» neft kompaniyasi boshqaruvi raisi.
Iqtisod fanlari nomzodi.

Biografiyasi



1977-yili Leningrad davlat universitetiga oʻqishga kirgan. Ushbu universitetning beshinchi kursida Sechin tarjimon sifatida Portugaliyaning sobiq mustamlakasi Mozambikka yuboriladi. 1984-yili oʻqishni bitirgan. 1985-88 yilllarda harbiy xizmatni davom ettiradi.
1991-1996 – yillarda Sankt-Peterburg shahar maʼmuriyatiga ishga oʻtib u yerda Vladimir Putinning qoʻl ostida turli lavozimlarda ishlagan. 1996-1998 – yillarda Moskva shahar maʼmuriyatida turli rahbarlik lavozimlarida ishagan. 1998-1999 – yillarda Rossiya Prezidenti maʼmuriyati boshligʻining oʻrinbosari. 2004-yildan Rosneft kompaniyasi boshqaruv aʼzosi, birozdan keyin - raisi. Bir vaqtning oʻzida Rossiya Prezidenti yordamchisi. 2008-yildan Rossiya hukumati raisining oʻrinbosari. 2014-yilda Pirelli kompaniyasi kengashiga kirgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz