Igor Pashkevich
Igor Anatolevich Pashkevich (ruscha: Игорь Анатольевич Пашкевич; 1971-yil 1-iyul — 2016-yil 26-mart) — yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi va murabbiy boʻlgan. 1990-yilda Sovet Ittifoqi vakili sifatida oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni va 1996-yilda Rossiya terma jamoasi aʼzosi sifatida Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. Igor Pashkevich 1994-yil Rossiya vakili sifatida Lillexammer Olimpiadasida va Ozarbayjon vakili sifatida 1998-yil Nagano Olimpiadasida ishtirok etgan.
Faoliyati
Pashkevich konkida uchishni 1976-yilda boshlagan.
Sovet Ittifoqi va Rossiya vakili sifatida
Faoliyatining boshida Pashkevich Sovet Ittifoqi uchun musobaqalashgan va 1990-yilda Kolorado shtatining Kolorado Springs shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin u Rossiyani himoya qilgan. Igor 1993-yilda Chexiya Respublikasining Praga shahrida boʻlib oʻtgan birinchi katta Xaqaro konkida uchish ittifoqi chempionatida 14-oʻrinni egallagan.
1994-yil fevral oyida Pashkevich Norvegiyaning Lillexammer shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashib, 15-oʻrindan joy olgan. Keyingi oyda u 1994-yilda Yaponiyaning Chiba shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 9-oʻrinni egallagan. 1995 — 1996-yillarda, yaʼni Rossiyadagi soʻnggi mavsumida u 1995 Finlandiya Trophy turnirida oltin, 1995 NHK Trophy turnirida esa kumush medal sohibi boʻlgan. 1996-yilgi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Ozarbayjon vakili sifatida
Pashkevich 1996 — 1997-yilgi mavsumda Ozarbayjon vakili sifatida musobaqalarda qatnashisha boshlagan. 1997-yilgi Yevropa chempionatida yettinchi, 1997-yilgi Jahon chempionatida sakkizinchi oʻrinni egallagan. Keyingi mavsum, oʻzining soʻnggi 1997 Trophee Lalique musobaqasida bronza medalini va 1997-yil Millatlar kubogida kumush medalni qoʻlga kiritgan. U 1998-yilgi Yevropa chempionatidan ishtirok etgan, 1998-yili Yaponiyaning Nagano shahrida bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashib 16-o‘rindan joy olgan. Unga Marina Kudriavtseva murabbiylik qilgan. Igor mavsum oxirida isteʼfoga chiqqan.
Dasturlari
Natijalari
Manbalar
uz.wikipedia.org