Igor Muxin




Igor Vladimirovich Muxin (ruscha: И́горь Влади́мирович Му́хин Ígor; 1961-yil 19-noyabrda tugʻilgan), Igor Vladimirovich Muxin nomi bilan tanilgan, rossiyalik fotograf hisoblanadi. U In-Public nomli koʻcha fotograflari jamoasining aʼzosi boʻlgan.

Biografiya



Kollejni tugatgach, Muxin loyihalash institutida ishlaydi. U 1985-1986-yillar davomida taniqli Moskva fotografi Aleksandr Lapindan fotografiya sohasi boʻyicha dars olib yurgan. Keyinchalik u samizdat rok musiqachilari bilan bir necha yil ishlagan.

1987-yilda esa Muxin Moskva davlat universitetida oʻzining birinchi shaxsiy koʻrgazmasini oʻtkazadi va 1989-yildan boshlab oʻzi mustaqil fotograf sifatidagi faoliyatini boshlaydi.

Muxin qayta qurish davridagi sovet rok musiqachilari, jumladan Viktor Tsoy, Boris Grebenshchikov va Petr Mamonovlarning suratlari bilan tanilgan. Uning loyihalaridan "Sovet yodgorliklari", "Sovet skameykasi", "Aqliy targʻibot parchalari", "Sovet bolalar maydonchalari", "Tungi Moskva", "Qizlar", "Qishda Moskva: qishning ogʻir nafasi" va "Viloyat" kabilar joy olgan. Nijniy Novgorod taʼtillari nomli galeriyasidagi baʼzi fotosuratlari 2007-yilda Parijdagi Tretyakov galereyasida va La Meyson Rougeda namoyish etilgan. Muxin Moskva va Rossiya provinsiyasi haqidagi hujjatli filmlarini 1990-yillar davomida suratga olgan.

1996-yilda Moskvadagi InterFoto xalqaro festivalida mehmon sifatida tashrif buyurgan. 1999-yilda Muxin FNAC (Fonds national d’art contemporain) va Fransiya qoʻmitasi homiyligida „Parijdagi sevishganlar“ nomli loyihasini tayyorlash uchun Parij meriyasidan grant olishga muvaffaq boʻlgan.

Muxin odatda Leica M6 va oq-qora plyonkani oʻz ichiga olgan masofa oʻlchagichli kameralaridan foydalanadi.

Uning ishi koʻplab rus jurnallarida, shuningdek, Rolling Stone, GEO, Elle, Vogue, Le Monde, Libération, Esquire va Time kabi xorijiy nashrlarda ham nashr etilgan.

2018-yilda Muxin In-Public koʻcha fotograflari jamoasining aʼzosi boʻlgan.

Nashrlar




Shaxsiy koʻrgazmalari




Jamoaviy koʻrgazmalari




Qoʻshimcha manbalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz