Igor Mezensev




Igor Volodimirovich Mezensev (1915-yil 9-sentyabr, Jitomir – 1984-yil 9-mart, Kiyev) – ukrainalik sovet davri meʼmori, rassomi, grafik dizayneri va oʻqituvchisi. 1969-yildan beri Ukraina arxitektorlar uyushmasi aʼzosi. Arxeolog Xalinaning eri, tarixchi Vladimir va rassom Oleksiy Mezensevlarning otasi.

Hayoti



Igor Volodimirovich Mezensev 1915-yil 9-sentyabrda Jitomir shahrida (hozirgi Ukraina) tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. U muhandislik qoʻshinlarida xizmat qilgan. 1946-yilda Kiyev rassomlik institutining arxitektura fakultetini tamomlagan. U 1951-yilda Ukraina SSR Qurilish va arxitektura akademiyasining aspiranturasida (Yevgeniy Katonin, Vladimir Zabolotniy va Boris Priymak qoʻl ostida) tahsil olgan.

Igor Volodimirovich Mezensev 1967-yildan boshlab Kiyev rassomlik institutida dars bera boshladi. „Dipromisto“ Ukraina shaharsozlik institutida ishlagan. 1968—1976 yillarda bosh arxitektor, 1972—1976-yillarda direktor oʻrinbosari, 1976—1977-yillarda texnik boʻlimning bosh mutaxassisi boʻlib ishlagan. U 1984-yil 9-martda Kiyevda vafot etdi.

Loyihalari



Igor Volodimirovich Mezensev quyidagi loyihalarni amalga oshirgan:

Kiev geofizika rasadxonasi (1947—1950);

Ukraina SSR xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasidagi bosh reja, asosiy kirish, ayvon va favvora (1951—1957);

Odessa, Truskavetsdagi kurort pansionatlarining loyihalari va qurilishi (1964—1969);

Poltavadagi Askarlar shon-sharafi yodgorlik majmuasi (1968—1971);

Kievdagi „Ulugʻ Vatan urushi tarixi milliy muzeyi“ memorial majmuasi (1973—1981);

Kiyevdagi Komsomolskiy turar-joy massividagi mikrorayon (1964—1968, hammuallif);

Toshkent shahridagi „Ukraina“ mikrorayoni (1967—1969, hammuallif);

Arxitektura va shaharsozlik boʻyicha bir qator maqolalar muallifi hisoblanadi.

U rangtasvir va grafika sohasida ishlagan (landshaftlar, natyurmortlar, portretlar chizgan).

Mukofotlari




Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz