Igor Matvienko
Igor Igorevich Matvienko (ruscha: Ígor Ígorevich Matviénko;1960-yil 6-fevralda tugʻilgan, Moskva, RSFSR, SSSR) — sovet va rus bastakori, prodyuser, jamoat arbobi, Rossiya xalq artisti (2022-yil).
Biografiyasi
dastlabki yillar
1960-yil 6-fevralda Moskvada tugʻilgan. Otasi Igor Mixaylovich harbiy xizmatchi, onasi Roza Vasilevna iqtisodchi boʻlib ishlagan. Oʻqituvchisi Aleksandr Abovich Kapulskiy Igorni oliygohga oʻqishga kirishga tayyorlagan. 1980-yilda Ippolitov-Ivanov nomidagi musiqa kollejini xormeyster mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Faoliyati
1981-yil yanvar oyidan boshlab u turli musiqiy guruhlarda — VIA „Perviy shag“, VIA „Zdravstvuy, pesnya“, „Klass“ da bastakor, badiiy rahbar va ijrochi (klavishli musiqa cholgʻuchisi) boʻlib ishlagan.
1987-yil yanvaridan 1990-yil dekabrigacha Igor mashhur „Rekord“ musiqa studiyasida ishlagan, 1987-yilda u studiyaning musiqiy muharriri boʻldi va shu vaqtning oʻzida vokalchi Nikolay Rastorguev va qoʻshiqlar muallifi Aleksandr Shaganov bilan birgalikda Lyube guruhini tuzdi. Guruh uchun musiqa va aranjirovkalar qilgan.1991-yilda Igor prodyuserlik markazning rahbari boʻldi. 2002-yilda u Birinchi kanalning „Fabrika zvyozd −1“, 2004-yilda — „Fabrika zvyozd-5“ musiqiy loyihalarning prodyuseri va rahbari boʻldi.
2014-yil fevral oyida u Sochidagi XXII qishki Olimpiyada oʻyinlarining ochilish va yopilish marosimlarida musiqiy prodyuserlik qilgan. Yakunlanish marosimining eng taʼsirli sahnasi „Zerkalniy mir“ uchun Eduard Artemyevning „Svoy sredi chujix, chujoy sredi svoix“ va Aleksandra Paxmutovaning „ Do svidaniya, Moskva“ kompozitsiyalarini birlashtirgan aranjirovkani qildi.
2014-yil mart oyida u 2014-yilgi Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi uchun dastur tuzdi, unda Lube guruhining „Davay za…“ va „ Nautilus Pompilius“ guruhining „Poslednee pismo“ kompozitsiyalari kiritilgan edi. Bu qoʻshiq ohangi ostida Rossiya jamoasi chiqqandi.
Igor Matvienko Aleksandr Shaganov bilan hamkorlikda koʻplab qoʻshiqlar yozgan. Bularning barchasi VIA „Zdravstvuy pesnya“ davridan boshlangan, unda Igor klavisha cholgʻuchi sifatida ishlagan. „Dom na ulitse drugoy“ — Matvienko va Shaganovning birinchi hamkor qoʻshiqlaridan biri.
„Lube“ ning- Atas, Kombat, Tam, za tumanami va yana boshqa koʻplab qoʻshiqlarida hamkorlik davom etdi, keyin Jenya Belousov bilan — U lyubvi glaza razluki, Devchonka-devchonka, keyinroq „Ivanushki“ bilan — Tuchi, Kukla, Kolechko, Beznadyoga tochka ru, Zolotiye oblaka. „Fabrika“ bilan — Devushki fabrichniye qoʻshiqlari yaratildi. Igor Matvienko prodyuserlik markazining sanʼatkorlari bilan ishlashdan tashqari, Vladimir Asimov uchun — Podari mne zimniy vecher, Nochkoy tyomnoy qoʻshiqlarini yozgan.
Sretenskiy Stauropegial monastirining xori regenti Nikon Jila- xor tomonidan ijro etilgan eng mashhur qoʻshiq Matvienko va Shaganovning „Kon“ qoʻshigʻi deb taʼkidlaydi.
2016-yilda Rossiya Federatsiyasi quruqlikdagi qoʻshinlarining madhiyasi „Vperyod, pexota!“ yaratilgan.
Matvienko — „Kon“, „Doroga“, „Samovolochka“ kabi butun mamlakat boʻylab shuhrat qozongan „Lyube“ guruhi (asl nusxalarning) qoʻshiqlarining muallifidir.
Shoir Mixail Andreev bilan hamkorlikda bir qator qoʻshiqlar yozgan, shu jumladan (turli ansambllar uchun): Netelefonniy razgovor ,Perviye stihi, Luna, Tramvay pyaterochka, Beryozi, Topoliniy puh, Revi, Lodochka, Pro lyubov.
„Korni“ uchun — Eto ti obyavila voynu ashulasi. Bundan tashqari Matvienko sheʼrlariga kuy bastalagan boshqa shoirlar orasida (alifbo tartibida): Konstantin Arsenev, German Witke, Leonid Derbenev, Pavel Jagun, Aleksandr Mitta, Naum Olev, Viktor Pelenyagre, Olga Rovnayalar bor. Baʼzi qoʻshiqlariga oʻzi sher yozgan (Davay za…Za tebya, Rodina-mat)
U „Granitsa.Tayojniy roman“ teleseriali uchun „Krasa“ („Sen meni olib yurasan, daryo“) qoʻshigʻini ijro etgan.
2022-yil kuzida u oʻzining prodyuserlik markazida Nikolay Rastorguev, Nadejda Babkina, Nikolay Baskov, Oleg Gazmanov, Aya (Gorod 312 guruhi), Viktoriya Daineko, Larisa Dolina, Zara, Sergey Lazarev, Grigoriy Leps, Aleksandr Marshal, Stas Mixaylov, Aleksandr F. Sklyar kabi rus estradasi yulduzlari ishtirokida Yaroslav Dronovning „Vstanem“ qoʻshigʻiga videoklip suratga olish va yozib olish jarayonini tashkil qildi.
Ijtimoiy faoliyati
2012-yil 6-fevralda u Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Vladimir Putinning uchinchi muddatga Rossiya Federatsiyasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakili sifatida rasman roʻyxatga olingan.
2016-yil 29-avgustda u Rossiya mualliflar jamiyati mualliflar kengashining prezidenti etib saylandi.
2017-yil sentyabr oyidan — Roskomnadzor huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi.
2017-yil noyabr oyida „Zhit.rf“ loyihasini yaratdi, uning maqsadi qiyin vaziyatga tushib qolgan odamlarga yordam berish deb eʼlon qilingan. The Bell Nashriyotining xabariga koʻra, loyiha ijtimoiy tarmoqlarda 2018-yilgi prezidentlik saylovlarida prezidentlikka nomzod Vladimir Putinni toʻrtinchi muddatga qoʻllab-quvvatlagan Putin team harakatini ham targʻib qilgan.
U 2018-yilgi saylovlarda Vladimir Putinni Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatgan tashabbus guruhi aʼzosi edi.
2018-yil 20-noyabrda Igor Igorevich Rossiya Prezidentining farmoniga muvofiq, Prezident huzuridagi madaniyat va sanʼat kengashining yangi tarkibiga kiritildi.
2018-yilda u giyohvand moddalar va jinsiy aloqa — targʻib qiluvchi yoshlar chartlariga kiruvchi zamonaviy hip-hop va rap janrlardagi qoʻshiqlarni cheklashni yoqlab chiqdi.
Shaxsiy hayoti
Matvienkoning soʻzlariga koʻra, u toʻrt yoki besh marta uylangan:
Loyihalari
Guruhlar va ijrochilar
Bastakorlik filmografiyasi
Filmlar uchun musiqalari original saundtrek Mukofotlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org