Igor Liseyev
Igor Konstantinovich Liseyev (1941-yil 28-aprel, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR) — sovet va rus faylasufi. Falsafa fanlari doktori, professor.
Tarjimai holi
Liseyevning otasi iqtisodchi, onasi esa pediatr boʻlgan. Maktabni tugatgach, Leningradga koʻchib oʻtgan va u yerda Leningrad davlat universitetining falsafa fakultetiga oʻqishga kirgan. 1961-yilda Moskva davlat universitetining falsafa fakultetida oʻqishni davom ettirish uchun Moskvaga koʻchib oʻtgan. 1962-yilda Igor Vyacheslavovich Illarionovning qizi Viktoriya Igorevna Illarionovaga uylangan. 1965-yilda Moskva davlat universitetini tamomlab, sirtqi aspiranturaga oʻqishga kirgan, shuningdek, Moskva 1-tibbiyot instituti kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Keyinchalik Moskva davlat universitetining falsafa fakultetida dars bergan va „Voprosi filosofii“ jurnalining ilmiy muharriri boʻlgan. 1973-yildan SSSR Fanlar akademiyasining Falsafa institutida ishlagan, keyinchalik Rossiya Fanlar akademiyasining Falsafa instituti deb nomlanadi. 1975-yilda falsafa fanlari nomzodi, 1996-yilda esa falsafa doktori ilmiy darajasini oldi. 2002-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 1993-yildan Rossiya Fanlar akademiyasi Falsafa institutida Biologiya falsafasi kafedrasi mudiri, 1997—2006-yillarda esa Falsafa instituti direktorining fan bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining va Rossiya ekologiya akademiyasining haqiqiy aʼzosi. Hozirda Moskva falsafiy jamiyatining rahbari.
Ilmiy faoliyati
Igor Konstantinovich Liseyev ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yoʻnalishi biologiya fanining zamonaviy madaniyatga taʼsirining tabiati va usullarini kompleks tizimli tahlil qilishdan iborat. Igor Konstantinovich oʻz asarlarida bir qator global muammolarni koʻrib chiqadi:
Bu barcha muammolarning rivojlanishi hayotning yangi falsafasi shakllanganligidan dalolat beradi, bu hayot hodisasining dunyo tasviri va fikrlash uslubining shakllanishiga taʼsirini tushunish imkonini beradi. Faylasuf bu hayot falsafasining insoniyatning keyingi taraqqiyot strategiyasini belgilashga taʼsiri kuchayib borayotganini koʻrsatgan. Yuqoridagi muammolar boʻyicha Igor Konstantinovich AQSh, Fransiya, Germaniya, Polsha, Bolgariya va Vyetnamdagi tadqiqot markazlari bilan aloqada ish olib boradi.
Maʼruza kurslari
Igor Konstantinovich Rossiyaning koʻplab shaharlarida biologiya falsafasi, ekologiya falsafasi va falsafiy antropologiya boʻyicha kurslar olib borgan, bundan tashqari xalqaro seminarlar va maʼruzalarda qatnashgan. 2012-yil 9-noyabrda Igor Konstantinovich Kursk janubi-gʻarbiy universitetida „Zamonaviy madaniyatning ekologik imperativlari“ mavzusida maʼruza qildigan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org