Igor Kupeev
Igor Borisovich Kupeev (osetin. Xʼuppeti Borisi firt Igor; 1974-yil 20-fevralda tugʻilgan, Alagir, Shimoliy Osetiya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi) — rossiyalik va oʻzbek erkin kurashchisi, ikki karra Rossiya chempioni (1994, 2001), Jahon kubogi gʻolibi (1996) va ikki karra Osiyo chempioni (1999, 2000). Erkin kurash boʻyicha xalqaro toifadagi Rossiya sport ustasi.
Tarjimai holi
1974-yil 20-fevralda Shimoliy Osetiya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Alagir shahrida tugʻilgan. 1987-yildan Saveliy Aguzarov rahbarligida erkin kurash bilan shugʻullana boshlagan. 1990-yilda Sombatxeda kadetlar oʻrtasida jahon chempioni boʻlgan. 1991-yilda Kalidagi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. 1992-yilda Moskvada kadetlar oʻrtasida Rossiya chempioni boʻlgan. 1994-yilda Sankt-Peterburgda Rossiya chempioni, Kuortanda yoshlar oʻrtasida Yevropa chempioni boʻlgan. 1995-yilda Permdagi Rossiya chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi. 1996-yilda Tehronda boʻlib oʻtgan Jahon kubogi sohibiga aylangan va oʻsha yildan erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi safida oʻynay boshlagan. Ikki marta Osiyo chempioni (1999, 2000) boʻlgan. 2000-yilda Kaliningraddag aka-uka Beloglazovlar sovrinlari uchun oʻtkazilgan xalqaro turnir, Xasavyurtda Shamil Umaxanov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir va Krasnoyarskdagi Ivan Yarygin nomidagi Gran-pri turkumidagi xalqaro turnirlar gʻolibi boʻlgan. 2001-yilda Rossiyaga qaytib, Moskvada Rossiya chempioni boʻlgan.
Hozirda Shimoliy Osetiyaning Alagir tumani mahalliy hokimiyat idorasida ishlaydi.
Sportdagi yutuqlari
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org