Igor Kufayev




Igor Anvar Kufayev (ruscha: Ígor Anvár Kúfaev) – 90-yillar ruhiy yetakchisi, ijodkor va britaniyalik rassom.

Hayoti



Igor Kufayev 1966-yil 5-yanvarda Oʻzbekistonning Toshkent shahrida tugʻilgan. U mumtoz sanʼat boʻyicha taʼlim olib, ustozi Shomil Rahimovning shaxsiy ustaxonasida tahsil olgan. Shomil Rahimov yakkakurash ustasi va rassom edi. Kufayev Toshkentdagi rassomlik texnikumida, soʻngra Teatr va rassomlik institutining devoriy rassomlik boʻlimida oʻqigan. 1988-yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Badiiy akademiyada (hozirgi Imperator Badiiy akademiyasi) oʻqib, boʻsh vaqtlarida Ermitaj muzeyida bevosita Gʻarb sanʼati durdonalarini oʻrganadi va chizish bilan shugʻullanadi.

Faoliyati




U 1990-yili Polshaning Varshava shahriga koʻchib oʻtgan. Sanʼatshunos Anjey Matiniya bilan boʻlgan uchrashuvi Kufayevning Varshavadagi Monetti galereyasida „Abadiy murosa“ nomli birinchi shaxsiy koʻrgazmasiga sababchi boʻladi. Varshavadagi Milliy etnografiya muzeyida oʻzining „Murosaga kelish“ triptixi bilan „Muqaddas tasvirlar yigʻilishi“ da ishtirok etish uchun taklif qilingan edi. 

Ruhiy oʻqituvchi




Kufayev 2002-yilda dars berishni boshlab, 2008-yil fevral oyida toʻliq kunlik ish vaqtiga oʻtgan. U 2012-yildan beri butun dunyo boʻylab onlayn vebinarlar, shaxsiy yigʻilishlar va dam olishlarni taklif qilgan.

Ijodiy ishlari



Kitoblar




Manbalar




Tashqi havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz