Igor Ivanović




Igor Ivanović (1990-yil, 9-sentyabrda tugʻilgan) — chernogoriyalik professional futbolchi, Chernogoriyaning Budućnost klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Yoshligi



Titogradda tugʻilgan Ivanović 2009-10-yilgi mavsumda Chernogoriya Birinchi ligasida FK Kom tarkibida debyut qilishdan oldin FK Zora klubida oʻynagan. U 2010-11-yilgi mavsumning birinchi yarmini Chernogoriya Ikkinchi Ligasida FK Iskra Danilovgrad klubi safida faoliyat olib borgan, qishki tanaffusda yuqori divizion vakilli FK Rudar Pljevljaga qoʻshiladi va u yerda keyingi ikki yil davomida oʻynaydi. 2012-13-yilgi mavsumning qishki tanaffusda paytida u Serbiya Superligasining OFK Beograd jamoasi bilan 3,5 yillik shartnoma tuzish orqali xorijga koʻchib oʻtadi.

2015-yilning avgustida Ivanović Ozarbayjon Premyer-ligasining Zira klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Sutjeska Nikšić



2016-yilning 21-iyunida Ivanović Chernogoriyaning Sutjeska Niksic klubi bilan shartnoma imzoladi. 2017-yil, 29-dekabr kuni Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi Ivanovićni „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ sovriniga loyiq topdi. Sutjeskadagi faoliyati davomida Chernogoriya Professional Futbolchilar Sindikati Ivanovićga 2017 va 2018-yillarda Chernogoriya Birinchi Ligasining eng yaxshi futbolchisi sifatida ovoz berdi.

Budućnost



2018-yilning 10-iyunida Ivanović Chernogoriyaning Budućnost klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati



Ivanović Chernogoriya U-21 terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. U 2020-yil, 7-oktyabrda Chernogoriya terma jamoasi safidagi debyutida Latviya terma jamoasiga qarshi (1:1)oʻyinda gol urgan. Oradan uch kun oʻtib, u Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi turnirdagi debyut uchrashuvida zaxiradan maydonga tushganidan keyin bir daqiqa oʻtmay gol urgan. 2020-yil, 13-oktyabrda u Lyuksemburgga qarshi oʻyinda yana gol urdi.

Shaxsiy hayoti



Ivanovićning akasi Ivan ham professional futbolchi, hozirda Qozogʻiston Premyer-ligasida Atyrau klubida oʻynamoqda.

Yutuqlari



Klub



Rudar Pljevlja

Individual




Xalqaro faoliyati



Ballar va natijalar birinchi boʻlib Chernogoriyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz