Igor Coronado




Igor Coronado (talaffuzi: Igor Koronado) (1992-yil 18-avgustda tugʻilgan) — braziliyalik professional futbolchi, Saudiya Arabistoni Professional Ligasi „Al-Ittihod“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Dastlabki yillarda



Coronado 2007-yilda 15 yoshida Angliyaning Milton Keyns Dons klubi akademiyasiga qoʻshilgan.2011-yilning 7-mayida, 18 yoshida, Igor Coronado 2010—2011-yilgi mavsumda „Oldxem Athletic“ jamoasiga qarshi kechgan klubning soʻnggi oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan edi.

2010—2011-yilgi mavsum tugaganidan keyin Coronado Shveysariyaning „Grasshoppers“ klubining zaxira jamoasiga qisqa muddatga qoʻshildi va shundan keyin Angliyaning yettinchi toifadagi „Banberi Yunayted“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Floriana



2012-yilning noyabrida Coronado Malta Premer-ligasi klubi Floriana jamoasiga qoʻshildi. Igor Coronadoning Floriana jamaosi safidagi ligadagi debyut oʻyinida jamoa 2012-yilning 10-noyabrida Melita jamoasi bilan mehmonda 2:2 hisobida durang oʻynadi. Igor Coronadoning klub uchun ligadagi birinchi goli 2012-yilning 10-dekabrida Balzanga qarshi oʻz uyida 3:1 hisobida gʻalaba qozonilganiada urilgan. Igor Coronadoning Floriana jamoasi uchun oʻyindagi uchinchi golni 48-daqiqada kiritildi. Klubdagi faoliyati davomida Coronado ligada 63 ta oʻyinda jami 32 ta gol urdi, shu jumladan, uchta xet-trik qayd etdi.

Trapani



2015-yilning 12-avgustida Coronado Italiya B seriyasining „Trapani“ klubiga bir mavsumga ijara asosida qoʻshildi. 2015-yil 6-sentyabrda Igor Coronado klubdagi debyutini oʻtkazdi va oʻz maydonida „Ternana“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Igor Coronadoning ushbu klub uchun ligadagi birinchi goli ham oʻsha oʻyinda 52-daqiqada kiritildi.

Palermo



2017-yilning 11-iyulida Coronado toʻrt-yillik shartnoma asosida Italiya B Seriyasining yangidan shakllanib kelayotgan „Palermo“ klubiga qoʻshildi. Igor Coronadoning ligadagi debyut oʻyini 2017-yilning 26-avgustida Spezia Calcio jamoasiga (2:0) qarshi oʻtkazildi. Igor Coronado oʻsha oʻyinda golli uzatmani amalga oshirib, Iliya Nestorovskining 52-daqiqada gol urishiga yordam berdi. Igor Coronadoning „Palermo“ safidagi birinchi ligadagi goli 2017-yilning 9-sentyabrida „Empoli“ga qarshi oʻyinda (3:3) kiritilgan. Igor Coronadoning goliga Eddi Gnahore assistentlik qildi va Igor Coronado ushbu golini oʻyinning 14-daqiqasida kiritildi. Igor Coronadoning „Palermo“ uchun birinchi ligadagi xet-trigi 2018-yilning 25-martida „Karpi“ jamoasi ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonganida kiritildi.

Al-Ittihod



Sharja jamoasi safida uch-yil oʻynagach, Coronado 2021-yilning iyul oyida Saudiya Arabistoni Professional Ligasi Al-Ittihod klubiga 12 million dollar evaziga qoʻshildi.

Faoliyat statistikasi



2022-yil 16-fevral holatiga ko`ra[17]

Yutuqlari



Floriana

Sharja FC

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz