Igor Bubnjić
Igor Bubnjić( talaffuzi: Igor Bubnich
) (1992-yil 17-iyulda tugʻilgan) — xorvatiyalik nafaqadagi futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
Bubnjić oʻz faoliyatini Daruvar yoshlar jamoasida oʻynashdan boshlagan, 2007-yilda Slaven Belupo yoshlar jamoasiga oʻtgunga qadar Daruvarda harakat qilgan. 2011-12-yilgi mavsumning birinchi qismida u „Treća HNL“ning „Koprivnica“ jamoasiga ijaraga berilgan va u yerda 13 oʻyinda maydonga tushib, ikki bor gol urgan. U qishki tanaffusdan soʻng „Slaven Belupo“ga qaytgan va 2012-yilning 16-martida „Osijek“ga qarshi oʻyinda (2:0) oʻrinbosar sifatida asosiy jamoada debyut qilgan. U Prva HNLdagi ilk golini 2012-yil 6-may kuni Rijeka bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda kiritgan. 2012-yilning sentabrida Bubnjić "Udineze" bilan besh yillik shartnoma imzolagani, ammo mavsum oxirigacha „Slaven“da qolishi eʼlon qilingan.
2018-yil 1-oktyabrda u Maltaga koʻchib oʻtgan va Hibernians bilan shartnoma imzolagan. U 2019-yilning yozida klub uchun ikkita oʻyin oʻtkazganidan soʻng klubni tark etgan va 2019-yil 7-oktyabrda Bubnjić soʻnggi uch yil davomida jiddiy jarohat olganidan keyin 27 yoshida faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati
U Xorvatiya terma jamoasi safida 2013-yil iyun oyida Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan, Vedran Chorlukaning oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan va jami 2 ta oʻyinda oʻya=nab gol muallifiga aylanmagan. Uning ikkinchi va oxirgi terma jamoadagi oʻyini 2013-yil sentyabr oyida Janubiy Koreyaga qarshi safarda oʻrtoqlik oʻyini boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Manbalar
uz.wikipedia.org