Igor




Igor (? - 945) - Kiyevning ulugʻ knyazi (912 y. dan). Ryurikovichlar sulolasining dastlabki knyazi. I. oʻzidan oldingi knyaz Olegning ishini davom ettirib, Dnestr va Dunay daryolari oraligʻidagi jan. slavyan qabilalarini boʻysundirgan, drevlyanlar qoʻzgʻolonini bostirgan. 913 y. I. qoʻshinlari Kaspiy qirgʻoqlari boʻylab Bokugacha borgan, 941 va 944 y. larda Vizantiyaga yurish qilib gʻalaba qozonolmagach, shartnoma tuzgan. I. drevlyanlardan ikkinchi marta solik, undirish paytida oʻldirilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz