Ignazio Abate
Ignazio Abate (1986-yil 12-noyabrda tugʻilgan) — italiyalik sobiq professional futbolchi, "Milan "ning U19 jamoasi murabbiyi. Dastlab u vinger sifatida o'ynagan, keyinchalik yarim himoyachi yoki qanot himoyachisi sifatida ham oʻynagan va hatto baʼzida markaziy himoyachi sifatida ham foydalanilgan. U Yevropa futbolining yuqori ligalarida eng tezkor oʻyinchilardan biri hisoblanardi.
Dastlabki yillar
Abate Sant'Agata de' Goti shahrida tugʻilgan, italiyalik sobiq darvozabon Beniamino Abatening oʻgʻli, hozirda Milan yoshlar akademiyasi murabbiyi.
Klubdagi faoliyati
Abate 1999-yilda AC Milanning yoshlar jamoasiga qoʻshilishdan oldin Rescaldina havaskor klubida futbol oʻynay boshlagan 2003/04-yilgi mavsumda u professional debyutini 3-dekabr kuni Italiya kubogi doirasida „Sampdoriya“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Shuningdek, u Yevropa musobaqalarida, 9-dekabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichidan oʻrin olgan "Selta" ga qarshi oʻyinda debyut qildi. Oʻsha oʻyinda u 17 yoshu 27 kunlik edi va bu natija bilan u UEFA Chempionlar Ligasida oʻynagan eng yosh milanlik futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi.
Terma jamoadagi faoliyat
Abate Italiyaning U19, U20, U21 jamoalari safida oʻynagan.
Kasiragi boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi bilan 2008- yilgi Tulon turnirida gʻolib chiqdi, unda toʻrtta oʻyin oʻtkazdi va AQSH darvozasiga gol urdi. 2008-yilda Pekinda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham qatnashgan. Keyin u 2009-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtgan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi va Italiya safida yarim finalga qadar ikki marta maydonga tushdi.
Abate Italiya terma jamoasi safida debyutini 2011-yil noyabr oyida Polshaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi. Abate UEFA Evro-2012 finaliga chiqqan Italiya terma jamoasi aʼzosi edi.
Murabbiylik faoliyati
2021-yilning 2-iyulida Abate „Milan“ning 16 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi murabbiyi etib tayinlandi. 2021/22- yilgi mavsumda u Milan U16 jamoasini liga finaliga olib chiqdi, keyin esa „Roma“ga yutqazdi. 2022-yilning 5-iyulida „Milan“ Abatening 19 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi murabbiyi lavozimiga ko‘tarilganini eʼlon qildi.
Shaxsiy hayot
Abate va uning rafiqasi Valentinani uch nafar farzandi bor. Ular Matteo (2011-yil 19-noyabrda tugʻilgan), Andrea (2013-yil 14-mayda tugʻilgan) va Benjamin (2018-yil 23- fevralda tugʻilgan). Er-xotin 2015-yil 18-iyunda turmush qurishdi
Yutuqlar
Klub bilan
AC Milan Terma jamoa bilan
Italiya U-21 Italiya Manbalar
uz.wikipedia.org