Ignalar mintaqasi




Ignalar mintaqasi - yer sunʼiy yoʻldoshi yordamida maʼlum balandlikka konteynerda chiqarilib, Yer atrofiga sochib yuboriladigan kalta mis yoki volfram tolalardan iborat kat-lam. I. m. radiorele aloqalarida maxsus yoʻnalishga ega boʻlmagan toʻlqin tarqatish uchun passiv retranslyator vazifa-sini bajarishi mumkin. Yer sirtining istalgan nuqtalari orasida radioaloqa bogʻlash uchun 4000 km balandlikka ekvatorial qutb tekisligidagi ikkita I. m. yetarli. Undan bir necha yil foydalanish mumkin. U arzon va ishonchli, lekin radiosignallarni hamma tomonga sochgani uchun qabul qilinayotgan signal kuchsiz boʻladi, xabarlar sekin uzatiladi. I. m. yer sunʼiy yoʻldoshlari uchun xavfli boʻlishi mumkin.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz