Ieronim Krauze




Ieronim Ivanovich Krauze (shuningdek, Karl Ieronim Teodor Krauze, nemischa: Karl Hironim Teodor Krause; 1845—1909) – rus tabiiy resurslar tadqiqotchisi, shifokor, botanik, tibbiyot anʼanalarining asoschisi, taniqli jamoat arbobi.

Biografiya



Kelmchevo yevangelistlar cherkovi kitobiga koʻra, Prussiya subyekti Karl Ieronim Teodor Krauze 1845-yil 19-yanvarda Litvada – Kovno viloyati Rossien tumani Tsitovyanu qishlogʻida temirchi Iogan Krauze va Ema Franklar oilasida tugʻilgan.

1855—1860-yillarda Ieronim Krauze Kauas gimnaziyasida tahsil olgan. Ieronim Krauzening ona tili nemis tili boʻlgan. Uning Xudo qonuni, rus tili, arifmetika, fizika, tabiiy tarix, lotin tili, chizmachilik va xattotlik haqidagi bilimi „yaxshi“; umumiy tarix, geografiya, algebra va geometriya, shuningdek, fransuz tili bo‘yicha bilimi “qoniqarli” deb baholangan. M. A. Xludov tomonidan Rossiya Turkistonining ishlab chiqarish kuchlarini, jumladan, Qoʻqon xonligida („Moylisoy“) Namangan yaqinidagi topilgan neft konlarini oʻrganishga jalb qilingan.

Krauzening ishi mahalliy hokimiyat uchun qandaydir shubhali boʻlib tuyulgan, shuning uchun hibsga olinib, xon asiri sifatida olti oyga yaqin togʻli qishloqda saqlangan. Turkiston general-gubernatori K. P. Fon Kaufmanning aralashuvi tufayli Krauze ozod qilingan.

1870-yilda Ieronim Krauze Turkistonga kelgan va Turkiston viloyatida farmatsevt boʻlib ishlay boshlaygan, oʻlkaning foydali oʻsimliklarini yigʻib, oʻrgangan.

Viloyatda birinchi kinoteatrning paydo boʻlishi uning nomi bilan bogʻliq.

Krauze botanik sifatida 1873-yilda Turkiston general-gubernatori general K. P. Kaufman boshchiligida ruslarning Xivaga qarshi yurishida qatnashgan. Bu tarixiy fakt Brokgauz va Yefron ensiklopedik lugʻatining „Aziya, materik“ boʻlimida oʻz aksini topgan, yaʼni „…1873-yilda ruslarning Xivaga yurishi munosabati bilan A. L. Kun bosib oʻtgan hududlar bilan yaqindan tanishish uchun koʻp ishlar qilingan. Unga zoolog Bogdanov va botanik Krauze, Skobelev (Ustyurt va Turkman choʻlida), Kaulbars (Amudaryo deltasi va Oksusning eski oʻzanida), Stebnitskiy va Sievers hamrohlik qilgan. Yana, Seyiston va Kaspiy dengizi orasidagi hududda Beyker va Quenne-Gille; Fors va Balujistonning chegaradosh hududlarida Goldshmid, Pollok, Blanford va Bello oʻrganish ishlari olib borganlar…“.

I. I. Krauze Toshkentda bir qancha dorixonalar ochgan. Shunday qilib, 1880-yil 25-yanvarda Sobor dorixonasi (hozirgi Sayilgoh koʻchasida), 1905-yil 1-noyabrda Maxram dorixonasi (Sh. Rashidov va Oʻzbekiston xiyobonlari kesishmasi burchagida) ochilgan, 1917-yildan keyin bu dorixona Shahar Markaziy dorixonasi vazifasini oʻtagan.

Krauze tadbirkorlik faoliyati bilan bir qatorda, Toshkentda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda sanitariya meʼyorlarini tekshirish boʻyicha birinchi hududiy kimyo laboratoriyasining tashkilotchisi boʻlgan.

Mahalliy tabobatning asoslarini tubdan oʻzgartirmasdan, xalq tabobati tajribasidan oqilona don olishga intilgan eng uzoqni koʻradigan yevropalik shifokorlar qatorida I. I. Krauze Turkiston mahalliy xalq tabobati tajribasini oʻrgangan va ularni umumlashtirgan. Mahalliy shifokorlar – tabiblar bilan doimiy muloqotda boʻlib, ularning tajribasini oʻz farmatsevtika amaliyotida toʻplab, qoʻllagan.

I. I. Krauze 1909-yil 8-avgustda (21-avgust, yangi kalendar asosida) vafot etgan va Toshkent shahridagi Botkin qabristoniga dafn qilingan.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz