IEROGLIFLAR NAZARIYASI



IEROGLIFLAR NAZARIYASI – gno seologik nazariya; unga ko’ra, sezgilar — narsalar Real xossalarining shartli belgilari (simvollar, ierogliflar)dir, sezgilarning narsalar hamda ularning xossalari bilan hech qanday umumiyligi yo’q. Ierogliflar nazariyasini 19-asr oxirida nemis fiziologi G. Gelmgols ishlab chiqqan. Bunda u nemis fiziologi I. Myuller ifodalab bergan “sezgi organlarining o’ziga xos energiyasi qonuni”ga asoslangan. Mazkur konunga ko’ra, sezishning o’ziga xos xususiyati sezgi a’zolarining o’ziga xos tuzilganligi bilan belgilanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz