IDRIS



IDRIS — Qur’onda nomi zikr etilgan payg’ambarlardan biri. Rivoyat qilishlaricha, Idris yer yuzida 365 yil yashagan. Bu olijanob, taqvodor insonni Alloh “yuksak martabaga ko’targan” (Qur’oni Karim, 19:56-57). Islomshunoslar Idrisni Bibliyadagi Enoh, ba’zan Ezdra kabi afsonaviy shaxslar bilan taqqoslaydilar. U ajal farishtasini aldab, jannatga kirgan va Allohga sadoqati uchun qiyomat kunigacha o’sha joyda yoki yetti osmonning birida qoldirilgan. Idris Islom rivoyatlaridagi Ilyos va Xizr hazratlari singari “abadiy barhayot” hisoblanadi. U xat va yozuvni, kiyim tikib, kiyinib yurishni boshlab bergan, yulduzlarga qarab taqdirni aytib berishni, vaqt hisobini bilgan payg’ambardir. Tikuvchilar piri hisoblanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz