Idiofonlar




Idiofonlar (yun. idios — oʻziga xos va phone — tovush) — bevosita oʻzi sado beruvchi materiallardan yasaladigan musiqa cholgʻulari. I., odatda, tabiatan muayyan sadoli materiallar (metall, yogʻoch, shisha, tosh)ning oʻzidan iborat boʻladi; baʼzan ulardan cholgʻuning sado manbai yasaladi. Sadolantirish usuliga koʻra, I. quyidagilarga boʻlinadi: chertma I. (changqoʻbiz), friksion (ishqab sadolantiruvchi) I. (shisha garmonika va b.), urma I. (gong, zang, ksilofon, qayroq, qoʻngʻiroq, lappaklar va b.).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz