Idgay Tazetdinov




Idgay Borisovich Tazetdinov (1933-yilning 13-yanvarida Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan – 1979-yilning 11-avgustida Dneprodzerjinsk, Dnepropetrovsk viloyatida vafot etgan) – sovet futbolchisi va yarimhimoyachisi. SSSR sport ustasi (1962-yil), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1977-yil).

Futbolchilik faoliyati



Idgay Borisovich Tazetdinov futbolchilik faoliyatini dastlab Toshkentning „Medik“ bolalar jamoasida, keyinchalik esa „Mehnat“ klubida boshlagan. 1953-1955-yillarda Toshkentning „Spartak“ jamoasining „B“ toifasida oʻynagan. 1956-yildan "Paxtakor"da faoliyatini davom ettirgan. Toʻrt yil davomida „B“ toifasida 108 ta oʻyin oʻtkazgan, ushbu oʻyinlarda 21 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

Murabbiylik faoliyati



Tazetdinov shuningdek, „Yangiyer“ (1971-1972-yillar), „Andijon“ (1973-yil) va "Yangiariq" (1974-yil) klublari katta murabbiy hamda Yangiyer jamoasi rahbari (1976-yil) sifatida faoliyat koʻrsatgan.

1977-yildan esa „Paxtakor“ murabbiyi sifatida ishlay boshlagan.

Idgay Tazetdinov 1979-yilning 11-avgustida jamoasi bilan Dneprodzerjinsk osmonida aviahalokatga uchragan.

Mashhur futbolchi Toshkentdagi birinchi shahar qabristoniga dafn etilgan.

Idgay Tazetdinov:

Turmush oʻrtogʻi – Alla Sergeyevna Shulepina-Tazetdinova, „Kino aktyori“ ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi rahbari vazifasida ishlagan .

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz